AQSHning Emori universitetida professori Yangi Namangan shaharchasida OTM qurmoqchi


Foto: “Xalq soʻzi”
Rahimjon Abdugʻafurov Namangan viloyatining Uychi tumanida tugʻilib oʻsgan. Ayni paytda Amerika Qoʻshma Shtatlari Jorjiya shtatidagi Emori universitetida professor boʻlib ishlaydi. Islom sivilizatsiyasi boʻyicha zalvorli tadqiqotlari bilan dunyo ilm ahliga tanilgan.
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, Namangandagi keng qamrovli oʻzgarishlar uni ham ona-Vatani ravnaqiga hissa qoʻshishga chorladi. Kuni kecha AQSHdan kelgan R. Abdugʻafurov viloyat markazida barpo etilayotgan Yangi Namangan shaharchasida boʻldi. Shaharcha loyihasi, bu yerdagi bunyodkorlik ishlari olim rahbarligidagi delegatsiyaga gʻoyatda manzur boʻldi va u oʻz niyatini oshkor etdi. Yaʼni hamyurtimiz ushbu shaharchada bilimli yoshlar soni va sifatini oshirish, ilmga chanqoq navqiron avlod vakillari uchun yana bir zamonaviy oliygoh bunyod etishni maqsad qilmoqda.
R. Abdugʻafurov Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bilan uchrashib, istiqbolli loyihasini taqdim etdi.
Maʼlumot uchun, boʻlajak Yangi Namangan shaharchasi hududidan 410 ta koʻp qavatli turar joy binolari, 7 ta maktab, 4 ta bolalar bogʻchasi va boshqa koʻplab infratuzilma inshootlari oʻrin oladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom
Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal
Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida'maʼlum qildi.TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.'Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana
Uchqoʻrgʻon osmonida zamonaviy havo shari
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Uchqoʻrgʻon tumanida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Norin daryosi yoqasida joylashgan ushbu hududning xushmanzara maskanlari va soʻlim tabiati bu yerda ekosayyohlikning katta imkoniyatlarini yaratgan. 2500 gektar maydondagi qulupnayzorlar, 30 sotix yerdagi golubika paykali, katta havzalarda parvarishlanayotgan forel baliqlarini tomosha qilish kishiga ajoyib his-tuygʻularni baxsh etadi.Yaqinda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Akramjon Rahi