calendar 04 Jun 02:44
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi

image
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal axborot manbalari va targʻibotchilar faoliyati haqida aniq maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bu hodisaning siyosiy, geosiyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ildizlari boʻyicha toʻliq tasavvur uygʻotishga qaratilgan amaliy misollar keltirildi.

Tadbirni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov va 'Ziyo' media markazi direktori Abdulhamid Muxtorov ochib berdi. Seminarda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, akademiya va 'Ziyo' media markazi mutaxassislari ham maʼruzalar bilan ishtirok etdilar.

Maʼruzalar davomida OAVning radikal gʻoyalarga qarshi maʼrifiy va axboriy kurashdagi oʻrni, diniy mazmundagi materiallarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi, soxta salafiylik va 'Hizbut-Tahrir' gʻoyalarining jamiyatga tahdidlari, hamda radikallashuvning geosiyosiy sabablari toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi.

Jurnalistlarga 'Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qonunning mazmun-mohiyati, notoʻgʻri talqinlarga qarshi raddiya berish usullari, axborot xavfsizligini taʼminlashda ishonchli manbalarga tayanish muhimligi haqida amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar radikal axborot xurujlariga qarshi samarali choralar koʻrish, mavzuga professional yondashuv bilan murojaat qilish va davlat hamda jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi taʼsirli media mahsulotlar tayyorlash boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Shu kabi oʻquv seminarlar OAV xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish bilan birga, ularda radikalizm va ekstremizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
55
0
xs.uz

Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi

Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.

15 Apr 07:05
 
60
0
xs.uz

15-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikd

31 May 08:49
 
16
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

18 Apr 11:07
 
42
0
xs.uz

Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi

Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad