calendar 02 Dec 13:21
eye 44
comments 0
comments Manba: xs

AQSHning Emori universitetida professori Yangi Namangan shaharchasida OTM qurmoqchi

image

Foto: “Xalq soʻzi”

Rahimjon Abdugʻafurov Namangan viloyatining Uychi tumanida tugʻilib oʻsgan. Ayni paytda Amerika Qoʻshma Shtatlari Jorjiya shtatidagi Emori universitetida professor boʻlib ishlaydi. Islom sivilizatsiyasi boʻyicha zalvorli tadqiqotlari bilan dunyo ilm ahliga tanilgan.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, Namangandagi keng qamrovli oʻzgarishlar uni ham ona-Vatani ravnaqiga hissa qoʻshishga chorladi. Kuni kecha AQSHdan kelgan R. Abdugʻafurov  viloyat markazida barpo etilayotgan Yangi Namangan shaharchasida boʻldi. Shaharcha loyihasi, bu yerdagi bunyodkorlik ishlari olim rahbarligidagi delegatsiyaga gʻoyatda manzur boʻldi va u oʻz niyatini oshkor etdi. Yaʼni hamyurtimiz ushbu shaharchada bilimli yoshlar soni va sifatini oshirish, ilmga chanqoq navqiron avlod vakillari uchun yana bir zamonaviy oliygoh bunyod etishni maqsad qilmoqda.

R. Abdugʻafurov Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bilan uchrashib, istiqbolli loyihasini taqdim etdi.

Maʼlumot uchun, boʻlajak  Yangi Namangan shaharchasi  hududidan  410 ta koʻp qavatli turar joy binolari, 7 ta maktab, 4 ta bolalar bogʻchasi va boshqa koʻplab infratuzilma inshootlari oʻrin oladi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
54
0
xs.uz

16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik

13 May 14:37
 
53
0
xs.uz

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni

21 Apr 08:33
 
68
0
xs.uz

Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7

13 Apr 02:44
 
64
0
xs.uz

Andijonda quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida quvib oʻtish qoidasini buzgan 'Nexia-3' qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasiga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-aprel kuni Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlning 413 kilometrida yuz bergan. Andijon-Shahrixon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan 'Nexia-3' rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oʻzi