calendar 13 Apr 02:44
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi

image
Andijon viloyati Shahrixon tumanida quvib oʻtish qoidasini buzgan 'Nexia-3' qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasiga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-aprel kuni Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlning 413 kilometrida yuz bergan. Andijon-Shahrixon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan 'Nexia-3' rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oʻzidan oldinda ketayotgan transport vositalaridan oʻzib ketishga uringan.

U yoʻlning oʻng tomoni, chetki qismida harakatlangan va oldindagi transport vositasiga toʻqnashmaslik uchun keskin tormoz berib, boshqaruvni yoʻqotgan. Shundan soʻng 'Nexia-3' yoʻlning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan IVECO rusumli yuk transport vositasining tirkamasi, orqa chap tomoniga urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

YHXBga koʻra, mazkur YTH oqibatida yengil avtomashinadagi yoʻlovchi shilinma tan-jarohatini olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
38
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.O'zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o'rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o'rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ik

17 May 21:46
 
44
0
xs.uz

Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b

16 Apr 09:11
 
54
0
xs.uz

“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,