“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan, san'at, me'morchilik va qadriyatlar rivojidagi o'rni namoyon etiladi.
Filmning asosiy maqsadi ' O'zbekiston hududida, xususan, Xorazmda shakllangan islomiy sivilizatsiyaning jahon tamadduni rivojiga qo'shgan hissasini yoritish, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi mehmonlariga boy tarixiy-ma'naviy manzarani taqdim etishdir. Ayni paytda ilmiy izlanishlar boshlab yuborilgan bo'lib, yaqin vaqt ichida tasvirga olish ishlari ham boshlanishi rejalashtirilmoqda. Mazkur film Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyasi tarkibidan munosib o'rin egallaydi.
Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho
“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a