calendar 16 Apr 15:12
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablagʻi hamda mahalla ahli homiyligi asosida hududdagi maktab uchun qoʻshimcha bino qurilmoqda.

Eʼtiborlisi, bu kabi xayrli ishlarning tashabbuskori, eng avvalo, azimobodliklarning oʻzi boʻlib, mahallaning meʼmoriy qiyofasi yangilandi, har bir oila muqim ish oʻrni va daromad manbaiga ega boʻlishiga erishilyapti.

'Azimobod' mahallasida istiqomat qiluvchi Xudoyberdi Qodirovni hamqishloqlari mirishkor dehqon sifatida hurmat qilishi bejiz emas. Boisi ona zamin bilan tillashish va dillashish hadisini olgan ushbu oila aʼzolari yilning toʻrt faslida ham tomorqa yumushlari bilan band boʻladi.

' Unumli foydalanishni bilganga yer xazina, ' deydi xonadon sohibi. ' Oilamiz birgalikda mehnat qilib, 10 sotix tomorqadan yiliga oʻrtacha 200 million soʻm daromad olamiz. Turli koʻkatlar, qulupnay, kartoshka, bodring, pomidor yetishtirish orqali yil davomida kattayu kichikning bandiligi taʼminlanadi.

Tabiiyki, uzumchilik oilaning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Xonadonda yetishtiriladigan 'Rizamat', oq va qora rangli 'Kelinbarmoq' navli uzumlar juda ham serhosil va xaridorgir.

Xudoyberdi aka oʻzi yashaydigan koʻcha yaqinidan oʻtgan poyezd yoʻli chetidagi oʻzlashtirilmagan yerlarni ham uzumzorga aylantirgan. Hozir kunda ushbu uzumzor ham moʻl hosil beradi. Bundan tashqari, tomorqasi atrofidagi boʻsh yerda uzum koʻchatlari oʻstirib sotadi.

Bu oila aʼzolarining yerga mehri besamar ketmadi. Yaqinda ular 'Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla' respublika koʻrik-tanlovida 'Obod xonadon' nominatsiyasi gʻolibi sifatida eʼtirof etildi. Xudoyberdi aka va turmush oʻrtogʻiga sanatoriyda dam olish uchun imtiyozli yoʻllanma ajratilib, xonadonga 40 million soʻmlik quyosh batareyalari bepul oʻrnatib beriladigan boʻldi.

' Mehnat qilgan elda aziz deganlari shu boʻlsa kerakda, ' deydi Xudoyberdi aka. ' Bunday eʼtibor va ragʻbat bizni yanada gʻayrat-shijoatga undaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
34
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

16 Apr 15:12
 
80
0
xs.uz

Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda soʻnggi sakkiz yilda hududda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi.'Kecha yarmarkada koʻrdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham koʻp. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez oʻzlas

31 May 08:49
 
12
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

16 Apr 09:12
 
46
0
xs.uz

Prezident modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroporti bilan tanishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.Hududdagi o'zgarishlar 'havo darvozasi'danoq ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda.Tashrif chog'ida davlatimiz rahbariga shu haqda axborot berildi.Bu aeroport 1978-yilda qurilgan bo'lib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi