Prezident modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroporti bilan tanishdi

Hududdagi o'zgarishlar 'havo darvozasi'danoq ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda.
Tashrif chog'ida davlatimiz rahbariga shu haqda axborot berildi.
Bu aeroport 1978-yilda qurilgan bo'lib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi. Uchish-qo'nish yo'lagining yuk ko'tarish qobiliyati pastligi, zamonaviy yoritish tizimining yo'qligi sababli qatnovlarni qabul qilish imkoniyatlari cheklangandi.
Bugungi kunda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bitkazildi. Uzunligi 3 ming 300 metr, kengligi 60 metr bo'lgan yangi uchish-qo'nish yo'lagi, yurish yo'lagi va samolyotlar to'xtash joyi qurildi. Drenaj tizimi yangilanib, yer osti suvi qochirildi. Shuningdek, bu yerda ikkinchi yurish yo'lagi qurilishi davom ettirilib, IKAO CAT-II toifasidagi radar, meteorologiya va yoritish uskunalarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.
Natijada Boeing, Airbus rusumidagi yirik samolyotlarni ham, noqulay ob-havo sharoiti va tungi vaqtlarda ham qabul qilish mumkin bo'ladi. Bu kunlik parvozlar sonini 10 barobargacha oshirish imkonini beradi.
Endi, ikkinchi bosqichda yo'lovchi terminalini yangidan qurish ko'zda tutilgan. Bu orqali yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish quvvati soatiga avvalgi 300 tadan 1000 taga, parvozlar soni yiliga 584 tadan 3 ming 700 taga ortadi. Bu Andijon shahri va Farg'ona vodiysiga qatnovlar sonini ko'paytirishga xizmat qiladi.
Faoliyatini qayta boshlagan mazkur aeroportda hozirda Toshkent ' Andijon ' Toshkent yo'nalishi bo'yicha parvozlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari bu yerda samarali boshqaruvni yo'lga qo'yish, xizmatlarni arzon qilib, mahalliy va xalqaro parvozlarni ko'paytirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Umuman, mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qilish bo'yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. O'tgan yillarda Samarqand, Termiz, Urganch, Shahrisabz, Mo'ynoq, Qo'qon va Zomin aeroportlari yangilandi. Yana bir qator viloyatlarda modernizatsiya jarayonlari davom etmoqda.
Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi
Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t
Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal