Toshkentda yashovchi 1963 yil va 1975 yilda tug'ilgan ikki fuqaro tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan shaxsning ishonchiga kirib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani o'rmon xo'jaligi hududidan unga «kovrak» o'simligi yetishtirishi uchun 1000 gektar yer ajratilishida yordam berishlarini aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o'tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so'ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.
Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ular ushbu noqonuniy ishni o'zini go'yoki O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi inspektori deb tanishtirgan, 1988 yil Qarshida tug'ilgan, hozirda Toshkentda istiqomat qilib, aslida xonandalik bilan shug'ullanuvchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan 80 ming dollar evaziga hal qilishga o'zaro kelishib olganliklari maʻlum bo'ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkentda dastlabki 24 ming dollarni olgan vaqtida u ham ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Twitter"da kuzatib boring
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br
Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organ qaysi?
Oʻzbekiston Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq, axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu qaror bilan mamlakatda kiberjinoyatchilikka qarshi tizimli va qatʼiy yondashuv joriy etilib, huquqni muhofaza qilish sohasidagi masʼuliyatli organlar va moliya muassasalari uchun yangi vazifalar belgilab berildi.Qarorga asosan, Ichki ishlar vazirligi
Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda
Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga
IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka