calendar 09 Feb 11:21
eye 54
comments 0
comments Manba: xs

Janubiy Koreya Oʻzbekistondagi bolalar bogʻchalariga 275 ta yangi avlod robotlarni sovgʻa qildi

image

Bugun, 9-fevral kuni Toshkent shahrida Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarga robototexnika va dasturlashni oʻrgatish uchun Albert robotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni robototexnika boʻyicha maqsadli tizimli oʻqitish maktabga tayyorgarlik koʻrishda muhim rol oʻynaydi, oʻrganish, natijalarga erishish va axborot-innovatsion makonda yangi bilimlarni egallash koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi.

Tadbir Maktabgacha taʼlim vazirligi va vazirlik huzuridagi Axborot-pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi va shu qatorda kompaniyalar vakillari ishtirokida onlayn tarzda oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbirda Koreya Respublikasining bir qator kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.

Koreyalik hamkorlar maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va tarbiyalanuvchilari uchun 275 ta yangi avlod Albert robotlari va oʻzbek tilidagi 350 ta oʻquv qoʻllanmasini sovgʻa qildi.

Ushbu pilot loyihaning maqsadi maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarida robototexnika va dasturlashning dastlabki koʻnikmalarini shakllantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qiziqish uygʻotishdir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
37
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp

21 Apr 08:34
 
24
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

15 Apr 07:06
 
40
0
xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka

12 Apr 21:15
 
46
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p