calendar 15 Apr 07:06
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

image
Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.

Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali harakatlari sabab politsiya uni hibsga olishga qaror qilgan.

Dastlabki oʻrganishlar natijasida, u oʻz ota-onasini moliyaviy mustaqillikka erishish, bu orqali esa oʻz rejalarini amalga oshirishni maqsad qilgani oydinlashgan. Shuningdek, tergov davomida Kasapning qoʻl telefonidan neonatsistik tashkilotga oid bir qancha materiallar topilgan. Bu esa tergov ishlarining yanada chuqurlashishiga sabab boʻlgan. Aniqlanishicha, oʻsmir yigit ekstremistik guruh aʼzolari bilan muntazam aloqada boʻlib, bajarmoqchi boʻlgan ishlar rejasini ham taqdim qilgan.

Mazkur rejalar roʻyxatidan AQSH prezidentiga suiqasd uyushtirish, irqlar aro nizo uygʻotish, suiqasd qilish usullari, portlovchi bomba yasash boʻyicha koʻrsatmalar va prezidentga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirish rejalari bayon etilgani aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, Nikita Kasab ishi boʻyicha tergovga AQSH Maxfiy xizmati hamda FQB ham aralashgan. FQB Kasapni fitna qoʻzgʻash, prezidentga suiqasd uyushtirish hamda ommaviy qirgʻin qurolidan foydalanishga urinishda ayblab jinoyat ishi ochgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, oʻsmir portlovchi bomba yoki juda kuchli taʼsir qiluvchi zaharni belgilangan manzilga yetkazish uchun maxsus dron xarid qilish uchun qisman toʻlovni ham amalga oshirishga ulgurgan. Shuningdek, uning Telegram messenjeridagi suhbatlarida, suiqasdi amalga oshgandan soʻng Ukrainaga qochishni rejalashtirayotgani haqida ham maʼlumotlar topilgan.

Bugungi kunda, Kasapga toʻqqizta ayblov ishi, jumladan, birinchi darajali qotillik, AQSH prezidentiga suiqasd uyushtirish, fitna qoʻzgʻash, irqlararo nizolar keltirib chiqarish kabi jinoyatlar boʻyicha ish ochilgan. Nikita Kasab hozirda Qoʻshma Shtatlardagi federal qamoqxonalardan birida saqlanmoqda. Sud jarayonlari yakunida uning aybi tasdiqlansa uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi taxmin qilinmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:06
 
60
0
xs.uz

Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan — “Wall Street Journal”

AQSH prezidenti Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi uchta buyuk davlat: AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan yangi dunyo tartibini shakllantirishga olib keladi. Ushbu fikrlarni 'Wall Street Journal' sharhlovchisi Jerar Beyker ushbu nashrda chop etilgan maqolasida aytib oʻtdi.Muallifning qayd etishicha, AQSH global yetakchilik yukini juda uzoq vaqt davomida oʻz zimmasiga olganini va Amerikaning milliy manfaatlarini yanada torroq belgilash vaqti kelganini tan olmoq

20 Mar 12:55
 
51
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta

09 Mar 06:34
 
45
0
xs.uz

Yevropa mamlakatlariga AQSHdan qurol sotib olishni qisqartirish taklif qilindi

AQSHdan tayyor qurollarni sotib olish Vashingtonning noaniq pozitsiyasi tufayli Yevropa xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu fikrlarni Yevropaning 'Airbus' samolyotsozlik konserni mudofaa va kosmik boʻlimi rahbari Maykl Shellhorn aytib oʻtdi.Shellhorn taʼkidlashicha, Amerika tomoni har qanday vaqtda yetkazib berishni toʻxtata oladigan ishonchsiz hamkordir. Yevropa mudofaa-sanoat majmuasi silkinishga muhtoj, bu esa milliy mudofaa byudjetlari hajmini oshirishni va mintaqa davlatlari oʻrtasida ha

06 Mar 16:12
 
47
0
xs.uz

Rahbaringiz aytganimni qilmasa hammangiz oʻlasiz — Trampning navbatdagi tahdidi Gʻazo xalqiga yoʻllandi

AQSH prezidenti Donald Tramp HAMASga Gʻazodagi barcha garovga olinganlarni ozod qilish uchun soʻnggi ogohlantirishni berdi. Bu haqida 'BBC' nashri maʼlum qildi.Qoʻshma Shtatlar shu vaqtga qadar HAMAS guruhi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilishdan bosh tortib kelgan. Sababi AQSHning terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan tuzilmalar bilan muhokama oʻtkazmaslik boʻyicha uzoq yillik siyosati mavjud edi.'BBC' nashriga koʻra, Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavitt AQSH garovga olingan