calendar 09 Mar 06:34
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turkiyada fohishalikka majburlangan ikki oʻzbekistonlik qiz qutqarildi

image
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazilgan. Natijada bir necha fuqarolarning 'odam savdosi' qurboni boʻlishining oldi olingan.

Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Olmaliq shahrida yashovchi ikki ayolga hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan 'Shahnoza' ismli tanishi qizlarini ushbu davlatga yuborishini, ularni oʻzi kutib olishini va yaxshi daromad topishlariga yordam berishini vaʼda qilgan. U qizlarni 'yuz massaji' yoʻnalishida ish borligi bilan ishontirgan, biroq qizlardan shahvoniy maqsadda foydalanishni koʻzlagan va ularning Oʻzbekistondan Turkiyaga borish uchun aviachipta va boshqa moddiy xarajatlarni qoplab bergan.

19 yoshli ikki qiz joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Anqara shahriga, soʻng Konya viloyatiga yetib borgan. Ularni kutib olgan uch nafar shaxs (Turkiya va Oʻzbekiston fuqarolari) shu zahotiyoq qizlarning pasportlarini olib qoʻygan.

Shundan soʻng, ularni intim xizmatlar koʻrsatuvchi xonadonga olib borib, erkaklarga intim xizmat koʻrsatishga majburlagan. Qizlardan biri bunga rozi boʻlmagani uchun kaltaklangan va unga ruhiy hamda jismoniy tazyiq oʻtkazilgan. Ularni yopiq sharoitda saqlab, takroriy qarshilik koʻrsatishsa, oʻldirish bilan tahdid qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan 12-fevral kuni olingan maʼlumotga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2005-yilda tugʻilgan ikki qizni Vatanga qaytarilishiga erishilgan. Qizlar zudlik bilan reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Shuningdek, qizlarni aldab chaqirtirgan va ularni shahvoniy ishlarga jalb qilgan shaxslar Turkiyada hibsga olingan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston fuqarosi, 1987-yilda tugʻilgan (Sh.J.) ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda ushbu shaxsni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish choralari koʻrilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
19
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

15 Jun 10:46
 
34
0
xs.uz

Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?

Dunyo siyosatining bugungi murakkab manzarasida Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar eng xavfli va tahlikali mintaqaviy mojarolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.2024'2025-yillarda sodir boʻlgan bevosita havo hujumlari, dronlar orqali amalga oshirilgan zarbalar va har ikki davlat rahbarlarining keskin bayonotlari ' bu qarama-qarshilik endilikda faqat diplomatik yoʻl bilan hal boʻlmasligini koʻrsatayotgandek.Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinliklar nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi

13 Jun 00:39
 
26
0
xs.uz

Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda

Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50

17 May 21:47
 
47
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin