calendar 06 Mar 16:12
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shveysariyada “Shimoliy oqim-2”ni qayta ishga tushirish boʻyicha yashirin muzokaralar olib borilmoqda – “Bild”

image
AQSH Prezidentining maxsus vakili Richard Grenell 'Shimoliy oqim-2' gaz quvuri va Rossiya gazini Germaniyaga yetkazib berish bilan bogʻliq mumkin boʻlgan bitimni muhokama qilish uchun Shveysariyaga bir nechta norasmiy tashriflar amalga oshirgan. Ushbu jarayonlar bir necha haftalardan beri davom etmoqda.

Shu bilan birga, nemis hukumati Grenellning Shveysariyadagi uchrashuvlaridan xabardor emasligini, oʻzi esa bu muzokaralarga aloqadorligini rad etishini aytdi. Germaniya hukumati esa 'Shimoliy oqim-2'ning qayta ishga tushirilishiga qanday qarshi tura olishlarini koʻrib chiqmoqda. 'Bild'ning taxmin qilishicha, AQSH Rossiya gazini Meklenburg ' Gʻarbiy Pomeraniya mintaqasiga tashish orqali vositachilik qilishi mumkin. Bu Amerika tomoniga Germaniyaning gaz taʼminotini nazorat qilish va undan moliyaviy foyda olish imkonini beradi.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gaz quvuri atrofida juda koʻp notoʻgʻri maʼlumotlar paydo boʻlayotganini aytgan. Shuningdek, 'Reuters' fevral oyida Rossiya va AQSH vakillari Ukrainadagi mojaroni muhokama qilish uchun Shveysariyada yashirincha uchrashishganini yozgani maʼlum.

Shu qatorda 'Bild' va 'The Financial Times' nashrlarning taʼkidlashicha, Rossiya va AQSH bir necha haftadan beri amerikalik investor tomonidan 'Shimoliy oqim'ni sotib olishni muhokama qilyapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

18 Apr 11:08
 
47
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

23 Mar 16:44
 
61
0
xs.uz

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max

21 Apr 08:34
 
465
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim