Ukrainaga qoʻshin joylashtirmoqchi boʻlgan davlatlar soni yana bittaga koʻpaydi

Maʼlum qilinishicha, avvalroq, Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze hukumat boshqa mamlakatga qoʻshin joylashtirishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etgan. Keyinchalik, oʻz pozitsiyasini oʻzgartirgan hamda koʻp millatli tinchlikparvar kuchlar tarkibiga qoʻshilib Ukrainaga qoʻshin yuborish boʻyicha har qanday taklifni koʻrib chiqishlari mumkinligini bildirgan.
'Ayni paytda tinchlikparvar kuchlar boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Avstraliya ham har qanday taklifni koʻrib chiqishga rozi. Chunki mamlakatimiz tarixan olib qaraganda tinchlikparvarlik faoliyatida ilgʻor boʻlgan', ' deydi mamlakat Bosh vaziri Sidneyda boʻlib oʻtgan tadbirdagi nutqida.
Maʼlumotlarga koʻra, Avstraliya hukumati hozirga qadar Ukrainaga 1,5 milliard dollar mablagʻ ajratgan boʻlib, shundan 1,3 milliard dollari toʻgʻridan toʻgʻri harbiy sohaga yordam sifatida yoʻnaltirilgan.
Shuningdek, Sidneydagi tadbirda AQSHning Ukrainaga harbiy yordamni butkul toʻxtatishi masalasi ham muhokamalar markazida boʻlgan.
'Ukraina xalqining oʻz suverenitetini himoya qilish uchun olib borayotgan jasoratli kurashi tahsinga loyiq. Men Vladimir Zelenskiyni qoʻllab-quvvatlayman. Ukrainaga yordam berish Avstraliyaning milliy manfaatlariga ham mos keladi. Biz Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istaymiz, ammo Rossiyaning noqonuniy va axloqsiz harakatlari mukofotlanmasligi kerak', ' deydi Entoni Albaneze.
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m
HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin
HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri
Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi
Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc