Rahbaringiz aytganimni qilmasa hammangiz oʻlasiz — Trampning navbatdagi tahdidi Gʻazo xalqiga yoʻllandi

Qoʻshma Shtatlar shu vaqtga qadar HAMAS guruhi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilishdan bosh tortib kelgan. Sababi AQSHning terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan tuzilmalar bilan muhokama oʻtkazmaslik boʻyicha uzoq yillik siyosati mavjud edi.
'BBC' nashriga koʻra, Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavitt AQSH garovga olinganlarni ozod qilish uchun HAMAS bilan bevosita muzokara olib borayotganini tasdiqlagan.
'Qoʻshma Shtatlar hamda HAMAS oʻrtasida muzokaralar boshlandi. AQSH bu muhokama oldidan Isroil hukumati bilan maslahatlashdi', ' degan Leavitt.
Kecha, 5-fevral kuni Amerika rahbari Donald Tramp oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida HAMAS harakatiga nisbatan soʻngi ogohlantirish yuborganini maʼlum qildi.
'Soʻnggi tanlash imkoniyatingiz qoldi. Barcha garovga olgan Isroil fuqarolarini ozod qiling va oʻldirilgan asirlarning jasadlarini zudlik bilan vataniga qaytaring. Rad etsangiz bu siz uchun juda qimmatga tushadi. Faqat nosogʻlom odamlargina oʻldirilgan jasadlarni ushlab turadi ' siz aynan shunaqasiz', ' degan Tramp.
Shuningdek u, Isroil hukumatiga HAMAS bilan mojarolarni yakunlash uchun barcha kerakli yordamlarni yuborayotganini ham qoʻshimcha qildi.
'Men Isroilga hamma narsani beraman, agar aytganimni qilmasangiz, birorta ham HAMAS aʼzosi omon qolmaydi. Men hozirgina sobiq garovda ushlab turilganlar bilan suhbatlashdim va shu qarorga keldim', ' deydi u.
Bundan tashqari, Tramp oʻz murojaatida Gʻazo xalqiga ham tahdidli chaqiriq yoʻllagan.
'Sizlarni ajoyib kelajak kutmoqda, ammo rahbariyatingiz garovdagilarni qoʻyib yuborishi shart. Ular buni rad qilishsa hammangiz oʻlasiz. Aql bilan qaror chiqaring', degan Amerika rahbari.
Maʼlumot uchun, Tramp HAMASga birinchi marta tahdid qilmayapti. U dekabr oyida prezidentlik lavozimiga kirishgunga qadar ham, HAMAS garovga olinganlarni qoʻyib yubormasa mamlakati 'jahannam'ga aylanishini aytgan edi.
Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda
Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash
Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2
NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert
NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc
Nihoyat Gʻazoda tinchlik oʻrnatilishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS mojarosini tugatish uchun 'soʻnggi qadam'ni eʼlon qildi.Bu orada HAMAS isroillik garovga olingan Iden Aleksandrni ozod qiladi. U AQSH fuqaroligiga ham ega. Guruh Gʻazoga gumanitar yordamning tiklanishi va u yerda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishdan umidvor.'Sky News' xabariga koʻra, Iden HAMAS tomonidan ushlab turilgan soʻnggi tirik asirdir. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, garovdagi shaxsni ozod qilish 13-may ku