Ukraina birinchi marta Fransiya qiruvchi samolyotlarini jangga tashladi. Rossiya ularni “qoʻgʻirchoq” dedi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi xabariga koʻra, harbiy samolyotlar energetika infratuzilmasi obyektlariga Rossiya hujumlarini qaytarish uchun ishlatilgan.
'Shuningdek, jangovar harakatlarga AQSHda ishlab chiqarilgan 'F-16' va 'Mirage-2000' samolyotlari jalb qilingan', ' deya aniqlik kiritdi Bosh shtab.
Bu 'Mirage' qiruvchi samolyotlar Ukrainaga yetkazilganidan beri birinchi marta qoʻllanilishi hisoblanadi. Kiyev ularni bir oy oldin olgan. Bungacha samolyotlar uzoq vaqt davomida Polshaning Minsk-Mazoveski aviabazasida saqlangan. Ular Kiyevga yakuniy topshirilishidan oldin qayta boʻyalgan, jihozlarning ishlashi tekshirilgan va Ukraina harbiylariga qiruvchilarda bir qator yakuniy sinovlarni oʻtkazishga ruxsat berilgan.
Rossiyada fransuz samolyotlari qoʻgʻirchoq deyildi
Ukraina Qurolli kuchlari arsenaliga qoʻshilgan fransuz 'Mirage' qiruvchi samolyotlari hech qanday tarzda Ukraina tomoniga jang maydonida ustunlikka ega boʻlishga yordam bermaydi. Ammo samolyotning berilishi Parijning hozirgi mojaroda bevosita ishtirok etishini tasdiqladi. Bu holatga izoh bergan Rossiya Davlat Dumasi deputati Leonid Ivlev shunday fikrlarni bildirdi.
Ivlev Fransiya tomonidan berilgan qurollarni nomaqbul deb atadi va bu turdagi qiruvchi samolyotlar oʻz vatanida qariyb 20-yildan beri ishlab chiqarilmaganini, shuning uchun ularning Ukraina Qurolli kuchlari uchun foydali boʻlishi dargumon ekanligini taʼkidladi.
'Bu qoʻgʻirchoq, tutqichsiz chamadon', ' deydi siyosatchi.
'Rostex' korporatsiyasi ham Ukrainaga olib kelingan fransuz qiruvchilari jiddiy eskirganligini tasdiqladi. Korporatsiya mutaxassislari 'Mirage'ni 'juda qoʻli qisqa boʻlgan oʻrtacha samolyot' deb atashdi. Bu, albatta, yaxshi manevr qobiliyati yoki nishonlarga uzoq masofadan zarba berish bilan maqtana olmaydi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bunday qiruvchilardan qanotli raketalar yoki dronlarni kuzatishda foydalanish mumkin, biroq ularning funksionalligi shu bilan tugaydi. Samolyotning eng katta tahdidi ularning SCALP/Storm Shadow qanotli raketalarini uchirish qobiliyatidir. 'Rostex'ning qoʻshimcha qilishicha, fransuz samolyotlarining frontda paydo boʻlishi ularning darhol yoʻq qilinishiga olib keladi.
Gʻarb 'Mirage'ni Rossiyaning Su-35S samolyotlari bilan taqqosladi
Military Watch Magazine' tahlilchilari maʼlum qilishicha, Fransiya tomonidan Ukrainaga yuborilgan 'Mirage-2000' qiruvchi samolyotlari xuddi shu turdagi rus samolyotlaridan sezilarli darajada past.
'Ukrainaga yetkazib beriladigan qiruvchi samolyotlar Rossiya Aerokosmik kuchlarining 'Su-30SM' va 'Su-35' kabi qiruvchi samolyotlaridan sezilarli darajada past va natijada ular havo jangidan qochib, oʻrniga uzoq masofali havodan yerga jangovar harakatlarga eʼtibor qaratishadi', deydi ekspertlar samolyotlarning asosiy xususiyatlarini taqqoslab.
'Mirage' shu qadar eskirgan modelki, u ilgari Ukraina aviatsiyasining tayanchi boʻlgan Sovet 'Su-27' samolyotidan imkoniyati past. Ikki qiruvchi oʻrtasidagi eng sezilarli farqlar ularning masofasi, yuk koʻtarish qobiliyati va radar xususiyatlarida ' bularning barchasida esa 'Su-27' ustunroq.
Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda
Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga
Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi
Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi y
Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
Dunyo siyosatining bugungi murakkab manzarasida Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar eng xavfli va tahlikali mintaqaviy mojarolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.2024'2025-yillarda sodir boʻlgan bevosita havo hujumlari, dronlar orqali amalga oshirilgan zarbalar va har ikki davlat rahbarlarining keskin bayonotlari ' bu qarama-qarshilik endilikda faqat diplomatik yoʻl bilan hal boʻlmasligini koʻrsatayotgandek.Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinliklar nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi
Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda
Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50