calendar 13 Jun 00:39
eye 75
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi

image
Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.

Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi yashash hududiga qulab tushgan.

Maʼlum qilinishicha, samolyot Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan edi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin voqea joyiga favqulodda xizmatlar yettita oʻt oʻchirish mashinasi yetib kelgan.

'India Today' telekanali uzatgan tasvirlar dahshatli halokatning koʻlamini koʻrsatib bergan. Bitta videoda samolyot qulab tushgan joyda olov shariga aylangan lahzani aks ettirgan. Tasvirga koʻra, samolyot binolar ustiga qulagani taxmin qilinmoqda.

'Air India' fojiani tasdiqladi. 'Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvoz qilayotgan AI171 reysi bugun, 2025-yil 12-iyun kuni fojiaga uchradi. Ayni damda biz tafsilotlarni aniqlayapmiz va qisqa vaqt ichida soʻnggi maʼlumotlarni taqdim etamiz', deyiladi kompaniya bayonotida.

'Flightradar24' aviatsiya kuzatuvchisiga koʻra, 'Boeing 787-8 Dreamliner' yoʻlovchi samolyoti bir kun oldin Dehlidan Ahmadobodga uchib kelganini maʼlum qildi.

Hindiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ham dahshatli halokatni tasdiqlovchi bayonot berdi. Qayd etilishicha, ikkinchi uchuvchi Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan va shundan soʻng samolyot bilan aloqa uzilib qolgan. Boshqarmaning qayd etishicha, samolyot bortida 2 uchuvchi va 10 nafar ekipaj aʼzosi, 230 yoʻlovchi boʻlgan. Havo kemasi 8200 soatlik tajribaga ega uchuvchi Sumit Sabharval boshqaruvida boʻlgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
49
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

17 May 21:47
 
50
0
xs.uz

“El Pepe” vafot etdi

U Muxikani 'prezident, faol, yoʻl koʻrsatuvchi va yetakchi' deb taʼrifladi. 2024-yil bahorida Muxikada qiziloʻngach saratoni aniqlangan edi va u uzoq vaqt muolajalar olgan edi. Shifokorlar 2024-yilning kuzida saraton hujayralarining kamayganini bildirgan boʻlsa-da, 2025-yil boshida kasallik qayta avj olgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.Muxika 2010'2015-yillar

18 Jun 21:56
 
96
0
xs.uz

Tramp Erondan “soʻzsiz taslim” boʻlishni talab qildi. Eron esa yahudiy davlati havo hududini nazoratga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning 'soʻzsiz taslim boʻlishini' talab qildi.Unga koʻra, ayni paytda Eronning havo hududi endi toʻliq AQSH nazorati ostida. AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda joylashganini aniq biladi, ammo Vashington 'hech boʻlmaganda hozircha'uni yoʻq qilish niyatida emas.Oq uy rahbari Eron muammosini hal qilish uchun AQSH armiyasidan foydalanishni istamaydi, ammo sabr-toqati tugayapti.'Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalar