Nutella, Terminator, Ikea: Dunyo mamlakatlarida chaqaloqlarga qo‘yish taqiqlangan ismlar

Zamonaviy insonlar o‘z farzandlariga ajoyib va antiqa ism tanlashda davom etmoqda. Biroq ayrim mamlakatlarda chaqaloqlarga ism qo‘yishda bir qancha cheklovlar mavjud. Hukumat ota-onalarning barcha ijodiy g‘oyalari rag‘batlantirilishi kerak emas, deb hisoblaydi.
Nutella va Qulupnay − Fransiya
Foto: AdMe
Fransuz oilalari qiz farzandiga Nutella deb ism berishni odatga aylantirgan edi. Ehtimol, ota-onalar farzandini kelajakda ham mashhur bo‘lishini istagandir. Ammo bunday bo‘lmadi, Nutella ismli qizlarni maktabda masxara qilish kuzatilganidan so‘ng ularning ismi Ella deb o‘zgartirilgan. Ushbu voqea jamiyatda keng muhokamaga sabab bo‘lib, natijada hukumat bolalarga Nutella ismini berishni rasman taqiqlagan.
Yana bir oila farzandiga Fraise − Qulupnay deb ism bermoqchi bo‘lganida ularga ham rad javob berilgan. Chunki aynan shu nom bilan o‘xshash jargon so‘z mavjud bo‘lib, u juda xunuk eshitilar edi. Natijada chaqaloq Fraisine deb atalgan.
Terminator − Meksika
Foto: AdMe
Bir vaqtlar Meksikada ushbu ism juda keng tarqalgan edi. Aktyor Arnold Shvarsenegger o‘ynagan film qahramoni sharafiga ko‘plab bolalar Terminator deb atalgan. Shu sababli mahalliy hokimiyat Terminator nomini taqiqlashga qaror qilgan.
Ikea − Shvetsiya
Foto: AdMe
Shved mebel do‘konlari tarmog‘i juda mashhur. Hukumat ushbu ismni farzandlarga qo‘ymaslikka qaror qildi va undan foydalanish noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun taqiqlovchi qonun chiqardi.
Camilla − Islandiya
Foto: AdMe
Islandiyada tug‘ilgan chaqaloqlarga ism berishning aniq qoidalarini belgilaydigan va tartibga soladigan maxsus qo‘mita mavjud. Masalan, mahalliy alifboda “C” harfi bo‘lmaganligi uchun Camilla deb ism qo‘yish taqiqlanadi. Ammo xuddi shu ismni “K” harfi bilan qo‘yish muammo emas.
Santa Klaus − Ogayo (AQSh)
Foto: AdMe
Ogayo shtatida yashovchi Robert Uilyam Xendli Yangi yil bayramini juda yaxshi ko‘rganidan o‘zining ismini Santa Robert Klaus deb o‘zgartirmoqchi bo‘lgan. Biroq mahalliy hokimiyat bu kabi ismdan foydalanishni taqiqlagan. Erkak bu qarordan qoniqmay, ishni ko‘rib chiqish uchun sudga murojaat qilgan. Natijada ismini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan.
Yalpiz va tosh − Germaniya
Foto: AdMe
Germaniyada bolalarga Pfefferminze − Yalpiz ismini berishni xohlaganlarning so‘rovi bu kulgi uyg‘otishi mumkinligi tufayli rad etilgan. Shuningdek, inglizchada Stone − Tosh nomini ham farzandlarga qo‘yish taqiqlangan. Chunki u ism emas, jism. Bola ismi tufayli ham o‘zligini anglay olmasligi mumkin, degan fikr bildirilgan.
Juma va Blu − Italiya
Foto: AdMe
Haftaning Juma kabi go‘zal va sevimli kunini Italiyada nom sifatida ishlatish taqiqlangan. Italiya sudi Venerdi so‘zini (Juma deb tarjima qilinadi) “uyatli va kulgili” toifaga oid deb qaror qilgan hamda undan foydalanishga ruxsat bermaydi.
Shuningdek, mahalliy hukumat 2018-yilda tug‘ilgan chaqaloqqa Blu deb ism qo‘yilishga ham qarshi bo‘lgan. Chunki tanlangan ranglar ham bola jinsiga mos kelishi kerak. Blu italyanchada ko‘k degan ma’noni anglatadi.
Biroq ushbu taqiq butun Italiya bo‘ylab amal qilmaydi. Masalan, 2020-yilda Janluka Vakka va uning sevgilisi Sharon Fonseka qiziga Blu Jeruselama ismini bergan. Juftlik Boloniyada yashaydi va u yerda Blu ismi bola uchun nomaqbul deb hisoblanmaydi.
Pluto − Daniya
Foto: AdMe
Daniyada ota-onalar farzandlari uchun rasmiy hukumat ro‘yxatidan nom tanlashi mumkin. Ularda 7000 ga yaqin tasdiqlangan ismlar bor. Ro‘yxatda bo‘lmagan ismni berishni istaganlar buning uchun rasmiy ruxsat olishi kerak. Masalan, Pluto va Maymun taqiqlangan ismlar ro‘yxatiga kiritilgan.
@ − Xitoy
Foto: AdMe
Xitoylik juftliklardan biri farzandiga @ deb ism qo‘yishni xohlagan. Gap shundaki, kuchukcha belgisi xitoy tilida talaffuz bo‘yicha “uni sevish” degan ibora bilan o‘xshash. Biroq bunga ham rad javob berilgan. Xitoyda nom sifatida ramzlardan foydalanish taqiqlanadi.
Malika − Yangi Zelandiya
Foto: AdMe
Yangi Zelandiyada bolalarni Malika deb atash taqiqlanadi. Mamlakat ushbu nomni rasmiy unvon bo‘lganligi uchun rad etgan. Shuningdek, taqiqlangan ismlar ro‘yxatiga shahzoda, qirol, qirolicha, gersog, mayor, yepiskop, janob, xonim va baron kabi unvonlar ham kiritilgan.
Mavzuga doir:
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi
AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo
2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi
2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil