calendar 12 Apr 21:15
eye 87
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST

image
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

'Isroil qatʼiy tarzda Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlarini hududga kirishini cheklagan. Natijada mamlakatdagi tibbiy holat inqirozga yuz tutmoqda. Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijiy kasalxonalarga yuborilishi shart', ' deyiladi JSST bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi hududdagi tibbiy holat boʻyicha maʼlumot bergan edi.

Unga koʻra, bemorlar uchun zarur dorilar roʻyxatining 37 foizi, tibbiy buyumlar roʻyxatining 59 foizi hamda saraton va qon kasalliklariga qarshi dori vositalarining 54 foizi zaxirada mavjud emas. Amalda foydalanilayotgan dorilar va tibbiy buyumlar ham tugash arafasida, uzoq muddatga yetmaydi.

Shuningdek, jarrohlik, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari bemorlarning hayotini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar hamda materiallarning soʻnggi zaxirasidan foydalanishyapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
123
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

04 Jun 02:45
 
34
0
xs.uz

Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi

Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon

31 May 08:50
 
37
0
xs.uz

Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi

Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan

17 May 21:47
 
54
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age