Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sifatida foydalanmoqchi. Shu bois Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari amaldagi Tramp maʼmuriyati ustidan sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Tramp maʼmuriyati mazkur oliygohga oʻz siyosiy qarashlarini majburan singdirishga urinishlari fonida, Garvard universitetiga davlat grantlari hamda shartnomalar koʻrinishida taqdim etilgan 9 milliard dollarga teng mablagʻlar sarfini oʻrganish uchun tekshiruvlar boshlab yuborilgan.
Jumladan, bir vaqtning oʻzida universitetni moliyaviy taftish qilish uchun Taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda AQSH Bosh xizmatlar boshqarmasi tekshiruv boshlagan.
Universitet rahbariyati ushbu taftish ishlari hukumat tomonidan bosim oʻtkazish uchun qilinayotganini taʼkidlab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritish uchun yetarlicha asosga ega ekanligini maʼlum qilgan.
Shuningdek, joriy yilning 31-mart kuni Vashingtondan Garvard universitetiga rasmiy xabar yuborilgan. Unda, oliygohni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda davlat tomonidan ajratilayotgan mablagʻlar toʻxtab qolmasligi uchun amalga oshirilishi shart boʻlgan bir qator talablar koʻrsatib oʻtilgan.
Ushbu talablar roʻyxatida turli namoyishlar davomida niqob taqishni taqiqlash, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan muntazam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda inklyuziv dasturlarini qisqartirish talablari ham kiritilgan.
Garvard universiteti oʻqituvchilari va professorlari ushbu talablarni oliygoh siyosatiga taʼsir oʻtkazishga urinish hamda soʻz erkinligiga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashish, deya hisoblashini aytib, Tramp maʼmuriyati ustidan sudga daʼvo arizasi kiritganini maʼlum qilgan.
Maʼlumot uchun, Garvard universiteti dunyodagi eng mashhur va nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanib, 1636-yilda tashkil etilgan. Mazkur oliygoh bakalavr hamda magistratura bosqichlarida tahsil oluvchi 20 mingdan ortiq talabalarga taʼlim beradi va ilmiy izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi
NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf
Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi
Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident
Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl
Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni