calendar 08 Jun 02:27
eye 130
comments 0
comments Manba: xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

image
AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.

AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.

22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni qabul qilish huquqidan mahrum boʻlishini va hozirda universitetda tahsil olayotgan barcha xorijlik talabalar boshqa universitetlarga oʻtishlari kerakligini bildirdi.

Oʻz navbatida, 25-may kuni Tramp Garvard davlat tomonidan moliyalashtirilishini, biroq uning talabalarining 31 foizini mamlakatlari institutga moliyaviy yordam koʻrsatmaydigan xorijliklar tashkil etishini taʼkidladi.

'Amerika Qoʻshma Shtatlariga faqat yoki asosan Garvard universitetiga oʻqish yoki u tomonidan boshqariladigan almashinuv dasturida qatnashish uchun kelmoqchi boʻlgan chet el fuqarolarining kirishini cheklashni zarur deb topdim. Ushbu toʻxtatib turish va cheklash, agar uzaytirilmasa, ushbu eʼlon qilingan kundan keyin olti oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi', ' deydi Tramp.

Prezident oʻz qarorini milliy xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar bilan izohlagan.

Garvard matbuot xizmati universitet veb-saytida AQSH prezidentining harakatlarini 'noqonuniy' deb atadi va universitet 'xorijlik talabalarni himoya qilishda davom etishini' qayd etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
23
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

08 Jun 02:27
 
14
0
xs.uz

NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert

NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc

13 May 14:38
 
33
0
xs.uz

“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi

'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi

31 May 08:50
 
26
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel