Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj

Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.
Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.
Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika boʻldi. Ushbu tibbiy muassasa xodimlari bizni xushmuomalalik bilan kutib olishdi. Poliklinika oʻzining zamonaviy koʻrinishi va eng soʻnggi texnologik jihozlar bilan taʼminlangani bilan ajralib turadi. Jumladan, Poliklinika shifokorlari qabuliga kirish elektron navbat koʻrinishida amalga oshiriladi. Bu esa insonlarning vaqtini tejaydi hamda turli tushunmovchiliklarning oldi olinadi.
Bundan tashqari, poliklinikada haftada ikki marta yosh bolalarni qizamiq kasalligiga qarshi emlash jarayoni ham olib borilmoqda. Ota-onalar mavsumiy kasalliklarning yosh bolalarga taʼsiri hamda ularning oldini olish choralari haqida shifokorlardan maslahatlar olishmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, 8-sonli poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar, zamonaviy diagnostika usullari, xodimlarning masʼuliyatli mehnati bizda katta taassurot qoldirdi.
Shundan soʻng, ijodiy guruhimiz bilan birgalikda 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdik.
Joriy yilning aprel oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonaga tashrif buyurib, ish jarayonini koʻzdan kechirgan edi. Shuningdek, davlatimiz rahbari korxona mutaxassislari bilan muloqot qilib, ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish, energiya tejamkorlik orqali tannarxni kamaytirish, ishchilarning kasbiy malakasini oshirish masalalari toʻgʻrisida soʻz yuritgan.
'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi hisoblanib, umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib oʻrnatilgan.
Matoni boʻyash va gul solish yoʻlga qoʻyilgan. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Loyiha doirasida 600 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan.
Yana bir eʼtiborli jihati, majmuada Italiyadan keltirilgan zamonaviy suv tozalash inshooti barpo etilgan. Unda boʻyoq sexidan chiqqan texnik suv tozalanib, qayta foydalanishga yoʻnaltiriladi. Bu tejamkorlik va ekologik barqarorlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
'Xalq soʻzi'
Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat
Boy tarix, zamonaviy qiyofa, mamnun chehralar – mehnatkash va bunyodkor andijonliklar hayotidan fotoreportaj
Xabaringiz bor, shu kunlarda 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Maqsadimiz, Andijon xalqining oʻziga xos hayoti, mehnatkash insonlari, tabiati va infratuzilmasini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar bilan boʻlishish. Kun davomida viloyatning turli manzillarida boʻldik. Dehqonlar bilan suhbatlashdik, mahallalarda boʻlib, issiqxonalar, poliz ekinlari, bolalar bogʻchasi hamda 'Vatanparvar' bogʻiga tashrif qildik.Dastl
Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava
Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat