Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.
Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qavatli uylardan birining yertoʻlasida tashkil etilgan.
'
Ushbu majmuada 45 turdan ortiq mikroorganik oʻsimliklar yetishtirilmoqda. Mahsulotlar yurtimizdagi koʻplab mehmonxonalar, restoranlar hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlariga yetkazib beriladi. Korxonada 30 dan ortiq ishchi doimiy faoliyat yuritib, barqaror maosh bilan taʼminlangan.
Mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish jarayoni nafaqat jismoniy mehnatni yengillashtiradi, balki samarali vaqt boshqaruvini ham taʼminlaydi. Eng asosiysi, bunday amaliy tajribalar xodimlarning ushbu yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, viloyatning Yozyovon tumanida 'Zarbdor tajribasi' doirasida bir qancha muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, tumanning markaziy stadioni 'Tashabbusli byudjet' doirasida 1 milliard 360 million soʻm mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.
Mazkur stadionga 1200 ta zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatilgan, 400 metrli yugurish yoʻlakchasi, universal sport maydoni, workout va yengil atletika sektorlari'zamonaviy qiyofada taʼmirdan chiqarilgan.
Bundan tashqari, Prezidentimizning 2023-yil 25-dekabrdagi '2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi boʻyicha 12 milliard 548 million soʻm mablagʻ sarflanib, tugʻruqxona majmuasi, laboratoriya, bolalar va terapiya binolari toʻliq rekonstruksiya qilingan.
Shuningdek, 'Yangi Oʻzbekiston' massivlarida uy-joy qurilishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Prezidentning 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga muvofiq, dastlabki bosqichda viloyatda jami 104 ta, 3880 xonadondan iborat koʻp qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi.
2024-yil yakuni boʻyicha bu massivlarda 11 ta, 284 xonadondan iborat uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ayni vaqtda yana 19 ta, 556 xonadondan iborat uy-joylarda qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.
Keyingi manzilimiz, Fargʻona viloyati Yozyovon tumani Yangiobod MFYda joylashgan 'Yozyovon suv ombori' boʻldi. Mazkur suv ombori hududida baliqchilik xoʻjaliklari faoliyatiga ham ruxsat berilgan. Suv ombori atrofidagi boʻsh turgan 300 gektar yerlar oʻzlashtirilib, yashil hududlar tashkil etilayotgani Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan 'Yashil makon' loyihasining amaliy samaralaridan biridir.
Qisqa fursatlarda bu yerda yashillik bilan birga zamonaviy dam olish maskanlari, xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etilishi ham rejalashtirilgan.
Kun yakunida esa shaharning kechki va tungi manzaralarini ham kameramiz obyektiviga muhrladik. Yoritilgan xiyobonlar, zamonaviy arxitektura ' bularning barchasi Fargʻona viloyatining kundan-kunga chiroy ochib borayotganidan dalolatdir.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
'Xalq soʻzi'
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi 13 000 soʻmga yaqinlashdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,70 soʻmga'oshdi va'12 994,59 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'38,92 soʻmga'oshib,'14 761,85 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,99 soʻmga'tushdi va'157,68 soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,94 soʻmga'oshib,'12 938,01 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'13,10 soʻmga'koʻtarilib,'14 673,00 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,30 soʻmga'tushdi va'158,73 soʻmni'tashkil qildi.
Jahon banki Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari beradi
Jahon banki Ijroiya direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi maʼqullandi. Ushbu mablagʻlar elektr taqsimlovchi tarmoqlarni isloh qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga ulash hamda muhim hududlarda elektr taʼminotining ishonchliligini oshirishga yoʻnaltiriladi.Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Undan 50 million dollari 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisob