calendar 17 May 21:47
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jahon banki Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari beradi

image
Jahon banki Ijroiya direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi maʼqullandi. Ushbu mablagʻlar elektr taqsimlovchi tarmoqlarni isloh qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga ulash hamda muhim hududlarda elektr taʼminotining ishonchliligini oshirishga yoʻnaltiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Undan 50 million dollari 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Jahon banki ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonda ilk bor 'natijaga yoʻnaltirilgan dastur' moliyaviy vositasidan foydalanmoqda. Bu yondashuv dunyoning boshqa davlatlarida muhim davlat dasturlarini moliyalashtirishda ham qoʻllaniladi.

'Hozirgi kunda Oʻzbekistonning elektr taqsimot tizimi jiddiy muammolarga duch kelmoqda. 2024-yil holatiga koʻra, elektr energiyasi taqsimotidagi texnik yoʻqotishlar 13 foizni tashkil qilgan. Sababi ' infratuzilmaning eskirganligi va haddan ortiq yuklanishi. Ayni paytda mavjud taqsimlovchi tarmoqlarning 50 foizdan ortigʻi 30-yildan ziyod vaqt mobaynida foydalanilgan, bu esa koʻplab avariyalar va elektr taʼminotidagi uzilishlarga olib kelmoqda', deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 25 gigavatt quvvat hosil qilishni rejalashtiryapti. Shunga qaramasdan, mavjud tarmoqlarni yangilamasdan turib, yangi 'yashil' energiya ishlab chiqaruvchilarni tizimga ulashning imkoni boʻlmaydi. Bundan tashqari, energiya sektorining moliyaviy barqarorligi ham muammo boʻlib qolmoqda.

Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Tatyana Proskuryakova taʼkidlashicha, ajratilgan mablagʻlar Oʻzbekistonning 2030-yilgacha taqsimlovchi infratuzilmasini kengaytirish va yangilash dasturini qoʻllab-quvvatlaydi. Unga koʻra, dastur doirasida jami 3 milliard dollarlik investitsiya zarur boʻlib, xalqaro hamkorlar va xususiy investorlar ham bu tashabbusga qoʻshilishi kutilmoqda.

Dastur doirasida 6 ming km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangilanadi yoki yangidan quriladi. 1 ming 200 ta transformator (250 MVA quvvat bilan) oʻrnatiladi yoki almashtiriladi. 150 ming dona 'aqlli' elektr hisoblagichlari oʻrnatiladi. Bu hisoblagichlar yordamida HET tarmoqlaridagi tijorat yoʻqotishlari kamayadi. Shuningdek, 4 mingta maʼlumot toʻplash konsentratorlari oʻrnatilib, tizimni raqamlashtirish va avtomatlashtirish yoʻlga qoʻyiladi.

2029-yilgacha ushbu dastur quyidagi natijalarni berishi kutilmoqda: HET xizmatidan foydalanuvchilar orasida qoniqish darajasi 90 foizga yetadi; taqsimlovchi tarmoqlarning quvvati 50 megavattga koʻpayadi, bu esa kichik va oʻrta korxonalar, aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi; yiliga 450 ming tonna karbonat angidrid chiqindilari kamayadi; HET tizimida ayollar ulushi 9 foizdan 14 foizga oshadi.

Shu tarzda, Jahon banki va Oʻzbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan bu loyiha mamlakat energiya tizimining kelajagini barqaror va zamonaviy yoʻlga yoʻnaltirishga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
11
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

31 May 08:50
 
8
0
xs.uz

Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi

Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal

31 May 08:50
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

12 Apr 21:15
 
73
0
xs.uz

Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o