calendar 23 Mar 16:43
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi

image
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.

Bildirilishicha, yigʻilishning asosiy mavzusi 'Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati' boʻlib, unda kambagʻallikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani qoʻllab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Parlamentlararo ittifoq saytida maʼlum qilinishicha, assambleya doirasida ittifoqning boshqa barcha organlari, jumladan, uning toʻrtta tematik doimiy qoʻmitasi, Yosh parlament aʼzolari forumi, Parlament aʼzolarining inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi, Yaqin Sharq boʻyicha qoʻmita va Ukrainadagi urushni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha ishchi guruh chaqiriladi.

Maʼlumot uchun, Parlamentlararo ittifoq ' milliy parlamentlarning butunjahon tashkiloti boʻlib, 1889-yilda barcha davlatlar oʻrtasida hamkorlik va muloqotni rivojlantirish maqsadida dunyodagi birinchi koʻp tomonlama siyosiy tashkilot sifatida tashkil etilgan.

Parlamentlararo ittifoqning ilk yigʻilishi 1889-yili Parijda oʻtkazilib, unda toʻqqizta davlat deputatlari ishtirok etgan. Bugungi kunda ittifoq 181 ta milliy parlament va 15 ta mintaqaviy parlament organlarini birlashtiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
65
0
xs.uz

Shu yilning oʻzida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi

Endilikda shu yilning oʻzida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida'maʼlum qilindi.Yaqinda 'Uzagro-star' xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.Bu kompaniyalar har b

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira

14 Apr 06:18
 
34
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani

15 Apr 07:06
 
36
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Shu yil 9-aprelda bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari yurtimizning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko'paytirish mumkinligini ta'kidlagan edi.Shunday xushmanzara joylardan biri ' Bo'stonliqdagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi. Prezidentimiz o'tgani yili dekabrda uning qurilishini borib ko'rgan edi, yaqinda loyihaning bi