Shu yilning oʻzida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi

Yaqinda 'Uzagro-star' xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.
Bu kompaniyalar har bir viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlaydigan agrosanoat kompleksini quradi. Bunga dastlabki bosqichda yana 200 milliard soʻm beriladi.
Prezidentimiz tadbirkorlarda yangilik qilish, tannarxni pasaytirish, sifatni yaxshilash orqali yangi bozorlarga chiqishga ishtiyoq tobora kuchayib borayotganini'taʼkidladi.
Lekin ularning hammasi ham buning uchun qayerga borib, kimga uchrashish, qayerdan mutaxassis, yangi texnologiya olib kelishni bilmasligi qayd etildi.
Shu bois 20 ta tumanda kichik va oʻrta sanoat korxonalarini rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladi. Ularga xorijiy muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter va marketologlar olib kelinadi. Bu maqsadlarga shu yilning oʻzida 100 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Loyiha ofislari korxonalarga tannarxni tushirish, sifat va texnologiyani yaxshilashga, ularni yiriklashtirib, sanoat darajasiga olib chiqishga koʻmaklashadi.
Bundan tashqari, kichik biznesda yangi 'drayver' boʻladigan uskuna va dastgohlar, tibbiy vositalar, elektronika sanoati, logistika kabi sohalarda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida dasturlar qabul qilinadi.
Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Samarqandda turizm qishloqlari koʻpaymoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Bulungʻur tumanida 19 ta arxeologik, 6 ta arxitektura madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, sayyohlar diqqatini tortadigan ushbu joylar turizm maskaniga aylantirilmoqda. Tumandagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi, Sheroz qalʼa yodgorligi joylashgan 'Erganakli' mahalla fuqarolar yigʻini ham tabarruk manzillardan hisoblanadi. Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohiga olib boruvchi 5,5 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 6,5 kilometr ichimlik suvi
O‘zbekistonlik kardiojarrohlar amerikalik mutaxassislar bilan noyob jarrohlik amaliyotiga qo‘l urdi
Avvallari, koronar arteriyalar (yurak qon tomirlari) chuqur va ko'p joydan zararlangan bemorlarda mini invaziv jarrohlik usullarini amalga oshirish deyarli imkonsiz edi. Ammo, endi buning imkoni bor. Markazda amerikalik shifokorlar bilan birgalikda o'zbekistonlik kardiojarrohlar tomonidan qon tomirlardagi kalsiyli to'planmalarni xavfsiz tarzda parchalash imkonini beruvchi innovatsion lazerli litotripsiya usuli amalga oshirildi va qon aylanishini tiklaydigan stentlar muvaffaqiyatli o'rnatildi.Alb
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi
19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala