calendar 20 Mar 12:53
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

image
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.

Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30 gektarlik bogʻda tashkil etilgan bayram saylida ham bu jihatlar oʻz aksini topdi.



Unda viloyatning barcha shahar va tumanlari, mahallalar, milliy madaniy markazlar, folklor-etnografik dastalari, hunarmandlar, kasb-hunar, ijod maktablari, sport muassasalari oʻzlarining milliy udum va anʼanalari, milliy liboslari, taomlari, yoshlarning ijod va sportda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari koʻrgazmasini tashkil etishdi.

Shu bilan bir qatorda, sayilgohda tashkil etilgan milliy oʻyinlar, folklor sanʼatining noyob namunalari, keksayu yosh qalbidan chuqur joy olgan qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuygʻular tarannum etilgan kuy-qoʻshiqlar, oʻlan, lapar va dostonlar ijrosi barchaga yanada oʻzgacha xushnudlik bagʻishladi.



Bayramning rasmiy qismi istirohat bogʻi hududidagi amfiteatrda boʻlib oʻtdi. Uni viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik soʻzi bilan ochib berdi.

Viloyat hokimi qashqadaryoliklar bu yilgi Navroʻz shodiyonalariga oʻziga xos tayyorgarlik bilan kelishganini alohida qayd etib, barcha soha va tarmoqlar kesimida sifat koʻrsatkichi taʼminlanayotganini aniq misollar, fakt va raqamlar asosida koʻrsatib berdi.

' Jumladan, viloyatda yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash hisobiga bu yil olti yuz mingta yangi ish oʻrni yaratiladi, ' deydi Murotjon Azimov. ' 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi asosida yuz ming nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi. Shuningdek, viloyatda sakkiz ming xonadonli koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 65 foizga yetkaziladi. Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi qaytadan qurilib, eng ilgʻor uskunalar bilan jihozlanadi. Dehqonobod tibbiyot birlashmasi mukammal taʼmirlanadi.



Viloyat hokimi shuningdek, taʼlim, turizm, qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, kutilayotgan natijalar haqida toʻxtalib, bularning barchasi Prezidentimiz tomonidan aholining farovon turmush tarzini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan siyosatning yana bir namunasi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Sanʼatkorlar ijrosidagi dilbar navolar, jozibali raqslar, badiiy sahna chiqishlari barchaga xush kayfiyat, shodonlik ulashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
56
0
xs.uz

Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati

16 Apr 15:12
 
83
0
xs.uz

Prezident masʼullarga “Doʻstlik” postidagi tirbandlikni bartaraf etish vazifasini topshirdi

Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.

31 May 08:49
 
3
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

14 Apr 06:18
 
50
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani