«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!
Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.
Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘yaverar ekan.
Oylar, yillar o‘tsa-da, u o‘zini lazzatli taomlardan mahrum qilib boraveribdi. Sandiq esa sekin-asta pulga to‘lib boraveribdi. Nihoyat bu pulga mahallasida bir kichkina masjid qurib beribdi. Mahalla ahli bu kishining qissasidan xabardor bo‘lgach, masjidni «yegandek bo‘ldim» deb nomlashibdi. Bu masjid XVIII asrda Usmoniylar davrida bino qilingan. Unda 200 nafar namozxon namoz o‘qiy oladi.
Agar, Istambul tomonlarga yo‘lingiz tushsa va Fotih mintaqasiga borsangiz, eski uylar orasida kichkina masjidni ko‘rasiz. Bu masjid Xayriddin afandining ixlosiga, zuhdiga dalolat qiladi. U kishi faqirligiga qaramasdan, o‘zidan abadiy hayoti uchun doimiy ajr borib turadigan go‘zal sadaqayi joriya qoldirdi. Unga dunyo lazzatlari «meni yeng» deb nido qilganida, ularga qarab «yegandek bo‘ldim» deb javob qildi. Agar bunday javob qilmaganida, bitta masjidni yeb yuborgan bo‘lar edi.
Go‘zal JAFAROVA tayyorladi.
“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”
21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI
Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris
АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»
Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард