Ma’naviyat va ma’rifat darsi
Butun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytirish, cho‘llanishni qisqartirish kabi ko‘p qirrali va keng qamrovli chora-tadbirlar ham kiradi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida «yashil» texnologiyalarni joriy etish aholi farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida shaharlardagi yashash qulaylashadi, bolalar o‘limi qisqaradi, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi uzayadi. Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mintaqalarida hatto tashqi migratsiya oqimlari qisqarib, inson kapitalining rivojlanishi kuzatilgan.
Inson faoliyatining tabiatga ta’siri darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkich – «ekologik iz» taraqqiyotni belgilab beruvchi obyektlarni barpo etish, iste’mol uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish maqsadida qanchalik ko‘p miqdorda mahsuldor yer va toza ichimlik suvidan foydalanayotganimiz hamda chiqindilar hosil qilayotganimizni ifoda etadi. «Yashil» iqtisodiyot o‘ziga xos iqtisodiy model sifatida shu talablarga javob berishga qaratilgan. Tabiat bilan uyg‘unlikda faoliyat yuritish, resurslardan barqaror va samarali foydalanish, energiya manbalariga tegishli muammolarni hal etish va ekologik xavflarni minimallashtirish – bularning bari «yashil» iqtisodiyotning asosiy maqsadlari bo‘lib, ular barqaror rivojlanishga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yordam beradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlari hamda Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga ham qo‘shilgan. Har ikkala hujjat milliy hukumatlar zimmasiga «yashil taraqqiyot» talablarini bajarish majburiyatini yuklaydi. Bu, ertami-kechmi, «yashil» iqtisodiyotga baribir o‘tishimiz kerakligini anglatadi.
Hamyurtlarimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklari atroflicha o‘rganilib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2025-yil yurtimizda «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilindi. Prezidentimizning «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi va unda bir qator vazifalar belgilab berildi.
Farmonga ko‘ra, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub korxonalarning ekologik ishlab chiqarishga o‘tishdagi harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi nazarda tutildi:
birinchi bosqichda – atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini o‘rnatgan korxonalarga:
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining
50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish;
ikkinchi bosqichda – monitoring stansiyalarini o‘rnatgan korxona kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatganda, tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish belgilangan.
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan xulosa asosida taqdim etiladi.
2025-yil 1-noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxona va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilangan. Shuningdek, farmon ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi zimmasiga yuklangan. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilishi belgilangan.
«Yashil» iqtisodiyot innovatsion va ekologik tozalikka asoslangan model hamdir. Chunki u energiya va resurslardan samarali foydalanish jarayonlarini ishga soladi. Bu ishlab chiqarish jarayonlarida xomashyo va energiya sarfini kamaytirish orqali moliyaviy tomondan foyda berishi ham mumkin.
O‘zbekistonning energetika siyosatida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan. Moliyalashtirish sohasida «yashil» moliyalashtirish konsepsiyasi joriy qilindi va bu davlatning «yashil» iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biridir. «Yashil» iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiya miqdori ham yuqori sur’atlarda ko‘paymoqda.
«Yashil» iqtisodiyot konsepsiyasining maqsadi – barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va investitsiyalar faolligini oshirish bilan bir vaqtda, atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy integratsiya sifatini yaxshilash hisoblanadi. Bu tabiatga zarar yetkazmasdan va kelajak avlodlar uchun barqaror muhitni saqlab qolishga qaratilgan iqtisodiy tizimni barpo etishdir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekilib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. Xususan, ekologik muhit eng og‘ir bo‘lgan Orolbo‘yida hozirgi paytda yashil qoplama 2 million gektardan oshdi.
Yurtimizda quyosh energiyasi sohasida investitsiyalar aniq dinamika bilan o‘smoqda. Masalan, Namangan viloyatidagi quyosh stansiyasi va Toshkent viloyatidagi quyosh panellari loyihalari amalga oshirilgan. Bunday loyihalar mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirishga va uglerod emissiyasini kamaytirishga katta hissa qo‘shadi.
Mamlakatimizning energetika sektoridagi islohotlar, yangilanadigan energiya manbalariga sarmoyalar kiritish, quyosh va shamol energiyasini faol joriy etish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik – bularning barchasi yurtimiz iqtisodiyotini ekologik jihatdan tozalash va uzoq muddatda barqarorlashtirish uchun qo‘yilayotgan muhim strategik qadamlardir.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, respublikamizning «yashil» iqtisodiyotga o‘tish jarayoni eng muhim ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan ilg‘or tashabbuslar bilan quvvatlanmoqda. Uni amaliyotga tatbiq etish mamlakatimizning ekologik xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, tabiiy resurslarni tejash imkonini berish bilan bir qatorda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarining rivojlanishida, aholimiz farovonligining yanada oshishida alohida ahamiyat kasb etadi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼli
Botqoq oʻrnida qad rostlagan gʻaroyib bino
Mir Arab olamga dongʻi ketgan madrasalardan. Men ushbu ilm maskanida tahsil olishga musharraf boʻlganman. U Masjidi Kalonning roʻparasida. Yonida mashhur Minorai Kalon bor. Salobatli madrasa darvozasi nihoyatda goʻzal tarzda turli naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Ularda koʻk rang ustuvor. Atrofidan dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sayyohlar arimaydi.Shu madrasani qurdirgan Sayyid Abdulloh Yamaniy qabri madrasaga kirishda chap qoʻl tarafda. Bu yerdagi maxsus xilxonada yana bir nec
HAMISHA BOR BO‘L, ONA TILIM!
Millat qayg‘usiMillatning ma’naviy boyligi bo‘lgan til nafaqat muomala vositasi, balki uning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Boshqa millatlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishga, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Ona tilning saqlanib qolishi uchun qayg‘urish millat kelajagi uchun qayg‘urish, demakdir. Afsuski, bugungi kunda ona tilimizning qadrini tushirayotgan, uni buzib, sheva va lahjalarni o‘rinsiz qo‘llayotganlar ham yo‘q emas. Bo
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig