calendar 22 Mar 08:55
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”

image




21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni,

Oʻzbekiston xalq shoiri

Abdulla Oripov tavallud topgan kun

* * *

Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,

Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.

Xayolim osmonday yorishdi yana,

Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.

Shoshqin daryolarning zangordir labi,

Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.

Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,

Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.

Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,

Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.

Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,

Qaytmagani kabi mening yoshligim.

Bugun bosh ustingda yashnagan yaproq,

Shovullab toʻkilar erta poyingga.

Bu uchqur yoʻlovchi solmaydi quloq

Sening iltimosing, sening raʼyingga.

Xazonli avgustning biror oqshomi,

Uni koʻrarsanmi, tushingda takror?

Mayliga, oʻzgadir kuzning ilhomi,

Bugun-chi, koʻz tashla, atrofda bahor.

Qani, qoʻlginangni bergil jimgina,

Shu maʼsum yoʻlchiga qoʻyaylik ixlos.

Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,

Bahor doim emas, uch oydir xolos...

* * *

Qani, nay ber menga, doʻstginam,

Bergil, mayli, rubob boʻlsa ham.

Ber, bir nafas boʻshatib olay

Toʻlib ketgan yuragimni man.

Qalamimning kuchi yetmadi

Hislarimni butun toʻkmoqqa,

Doʻstim, tingla yaproqchalarning

Shivirlashi eshitilmoqda...

Goʻzal, sokin oqshom choʻkmoqda,

Tebranadi yelda chiroqlar.

Daraxtzor ham sokin sollanar...

Qanday maʼsum, erka bu choqlar.

Qanday shirin damlar... mening ham

Yuragimda bir his toshmoqda,

Yuragim ham daraxtzor kabi

Nimanidir olqishlamoqda.

Koʻzlarimga bu yorugʻ olam

Koʻrinmoqda biram suyumli.

Qani, nay ber menga, doʻstginam,

Toʻkay toʻlib ketgan koʻnglimni.

* * *

Qoʻygil, u kunlarni eslatma menga,

Qalbimni yoqmasin bu xazon fasling.

Endi begonaman, jonginam, senga,

Endi begonadir menga ham vasling.

Gohida sevinib, gohi gʻamdadir,

Ishq uzra yozardim men erkin qanot.

Bilmayman qaysi kun, qaysi damdadir,

Mening qismatimga chang soldi sayyod.

Uning qoʻlidadir bu kun imkonim,

Bu kun hamrohimdir goʻzal iztirob.

Qoʻygil, u kunlarni eslatma, jonim,

Qoʻygil, yuragimga sen berma azob.

Oʻzgalar yuzimga boqsa ham hayron,

Faqat sen tomosha qilma holimni.

Faqat sen sheʼrimni sevma hech qachon,

Faqat sen himoya qilma nomimni.

Darigʻ tut ishva-yu nazokatlaring,

Faqat sen yuzimga boqmagil kulib.

Hayhot, endi barcha iltifotlaring

Menga tuyuladi masxara boʻlib.

GOʻZALLIK

Kuzning rutubatli oqshomi edi,

Bogʻlar sekingina chekar edi oh.

Ruhimda bir xazon ayyomi edi,

Ajib goʻzallikka duch keldim nogoh.

Misli xayol edi u malak siymo,

Chiroy olamining tengsiz sayqali.

Koʻzlarim oldida turardi goʻyo

Navoiy gʻazalin tirik haykali.

Bir zum koʻzlarimdan yoʻqoldi uyqu,

Bir zum bahor kabi yorishdi olam.

Bir zum xayolimdan chekindi qaygʻu,

Bir zum yuragimdan ketdi gʻam-alam.

Bir zum goʻzallikning huzurida jim

Samoviy hislarga boʻlib qoldim band.

O, dono tabiat, o, buyuk hakim,

Hikmat koʻrmadim hech men senga monand.

Oʻzing yuraklarga choʻktirib kadar,

Xalos ham qilursan rahm etgan damda.

Shunday goʻzallarni yaratmasang gar,

Qolib ketarmidik doimo gʻamda.

OHU

Makoning boʻlibdi togʻlar orasi,

Sensan goʻzallikning asli, sarasi.

Maʼyus yuragingda ishqning yarasi,

Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.

Daralar qoʻynida neni istarsan,

Nechun doim gʻamgin, doim muztarsan.

Latif shijoating qayga qistarsan,

Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.

Yoʻq, sen axtarmassan togʻlardan makon,

Va na goʻzalliging uchun shuhrat-shon.

Sayyod jabri senga bermagay imkon,

Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.

Qoʻy, jonim, koʻzlaring toʻlmasin yoshga,

Tongda oyogʻing qoʻy baland bir toshga,

Seni quyosh oʻzi koʻtargay boshga,

Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.

Sheʼrlar shoirning 'Yillar armoni' kitobidan olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да

20 Mar 12:50
 
12
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
25
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла