calendar 20 Mar 12:50
eye 15
comments 0
comments Manba: postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

image

Ona tilim – jon-u dilim

Yaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:

– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan.

Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.

«Sizlar tilimizni bilganingiz bilan so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishlaringiz mumkin. Natijada ayrim so‘zlarning ma’nosi o‘zgaradi. O‘zgarmagan taqdirda ham, bola noto‘g‘ri talaffuzga odatlanib qoladi va tilimizni buzib gapiradigan bo‘ladi», – debdi.

Ochig‘i, qoyil qoldim. Mana o‘z ona tili uchun fidoyilik. Oddiy nemis o‘qituvchisining til sofligi uchun jon kuydirishini qarang. Bizda-chi? Afsuski, biz tilimizni himoya qilish bo‘yicha ba’zi jurnalist va soha mutaxassislarining kuyunchaklik bilan yozayotgan maqolalaridan boshqa nimani misol qilib ko‘rsata olishimiz mumkin?

Poytaxtmi yoki viloyat mar­kazlari ko‘chalarida yurgan kishi xorijiy mamlakatga kelib qoldimmi, deb o‘ylashi shubhasiz. O‘ntadan bitta reklama o‘zbekcha bo‘lmasa, qolganlari boshqa tillarda yozilgan. O‘zaro muloqotlarimiz esa ko‘p hollarda shevada. Buyam mayli. Ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarning g‘ij-g‘ij xatoligidan bularni savodi bormi o‘zi, degan o‘yga borasan. Eng yomoni esa o‘z tilimizni farzandlarimizga o‘zimiz tarjima qilib beradigan darajaga yetib keldik.

Ustiga-ustak, markaziy televideniyening rasmiy kanallaridayam xatolar tez-tez ko‘zga tashlanayotgani bor gap. Ayrim suxandonlar sof adabiy tilda so‘zlay olmaydi. Vaholanki, gazeta, jurnal, radio va televideniye o‘zbek adabiy tilining bosh targ‘ibotchisi hisoblanadi. Hali-hanuz yoshlar ulardan ulgi, ibrat oladi. Yozgan so‘zlarini bosma nashrlarda yozilganiga solishtirib to‘g‘rilashadi. Bundan 30–35-yillar oldin butun boshli gazetada 2 yoki 3 ta orfografik xato o‘tsa, navbatchi va mas’ullar jazoga tortilganini biz yaxshi eslaymiz.

Afsuski, bugun unday emas. Ayniqsa, teleboshlovchi va radiosuxandonlarning ko‘pchiligi urg‘udan deyarli foydalanishmay qo‘yishdi. Natijada gapdagi jumla mazmuni tushunarsiz bo‘lib qolayotgani sir emas. Ba’zi teatr aktyorlari boshlovchilik qilayotgan ko‘rsatuvlarda «ko‘cha so‘zlari» ishlatilayotgani achinarli holdir.

Ayniqsa, axborotni teletomoshabin yoki radiotinglovchiga yetkazishda matnning til qoidalariga to‘laqonli rioya qilinmagan holda tuzilishi, gap ma’nosini keskin o‘zgartirib yuboryapti, to‘g‘rini o‘g‘riga aylantirib qo‘ymoqda.

Masalan, yaqinda «Axborot-24»da bir xabar quyidagi tarzda mazmunan noto‘g‘ri uzatildi: «Farg‘ona viloyatida huquq-tartibot idoralari hamkorligida xalqaro miqyosda juda katta pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelayotgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi».

Eshitgan shunchaki «Ha, bir jinoiy guruh fosh etilibdi-da», deb qo‘yishi mumkin. Ammo til qoidalarini biluvchilar va mutaxassislar «Tavba, nahotki huquq-tartibot idoralari jinoyatchilarga qo‘shilib ular bilan birga jinoyat sodir etishgan bo‘lsa-ya?!», degan fikrga borishi va bundan taajjublanishi tayin. Bu to‘g‘rini o‘g‘riga aylantirish emasmi?!

Chunki, aslida gap quyidagicha tuzilishi kerak edi: «Farg‘onada xalqaro miqyosda juda katta miqdorda pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelayotgan jinoiy guruh faoliyati viloyat huquq-tartibot idoralari hamkorligida fosh etildi».

Shuning uchun biz tilga e’tiborni nemislar singari maktabdan boshlashimiz kerak. Qolaversa, gazeta, jurnal va kitoblarda jumlalar noto‘g‘ri tuzilsa, savodxonlik borasida aksil targ‘ibot bo‘lib qolishi hech gap emas.

Xususiy kanallarda-ku, har kim xohlagan shevasida gapirishi odamlar g‘ashiga tegayotgani sir emas. Ayniqsa, seriallar shunchalik shevalashib ketdi-ki, ulardan ayrim so‘zlarni tushu­nib bo‘lmay qoldi. Maxsus ko‘rsatuvlarda ayrim boshlovchilar ruscha aralash so‘zlayapti. Ularning fikrlarida mantiq, bir-biriga bog‘liqlik yo‘q.

Bir vaqtlar taniqli jurnalist (rahmatli) Mahmud Sa’diy yoqilg‘i moylash materiallari bilan yonilg‘i moylash materiallari o‘rtasida katta farq bor, deb kuyungan edi. Bugun bular haqida gapirilmay ham qo‘ydi. E’tiborsizligimiz tufayli «bejiz» «bejizga», «tili» «tilisi», «litseyi» «litseysi», «o‘qilgan» «o‘qilingan» hamda «tug‘ilgan» «to‘g‘ilgan» tarzida talaffuz qilinyapti.

 Bir poliklinikada ko‘rdim: «Korrupsiya burchagi» deb yozib qo‘yibdi. To‘g‘rini o‘g‘riga aylantirish mana shu yozuvda ham o‘z aksini topgan, shekilli. Bu yozuvdan «Shu joyda korrupsiya bilan shug‘ullanish kerak», degan ma’no chiqmaydimi?..

 

Shuhrat RO‘ZIYEV,

jurnalist.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

ҲАЯЛ ҚӘДИРИ ЖОҚАРЫ ТУТЫЛҒАН ЖУРТ

8 март – Халық аралық ҳаял-қызлар күни.Биз еркин ҳәм абат, демократиялық, дүньяға ашық мәмлекетти дүзиӯде пүткил халқымыз қатары ҳаял-қызларымыз да үлкен үлес қосып киятырғанлығын әлбетте, жоқары қәдирлеймиз. …Шаңарақ тиреги, жәмийет үстини болған аналарымыз, ҳаялларымы

20 Mar 12:50
 
17
0
postda.uz

NAVRO‘Z – DO‘STLIK VA BIRLIK RAMZIGA EGA BO‘LGAN UMUMXALQ BAYRAMI

Ma’rifat va ma’naviyat darsiMehr-oqibat va muruvvat kabi qadriyatlarni o‘zida ifoda etadigan Navro‘z eng qadimiy bayramlardan hisoblanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bayram 3 ming yildan ortiq tarixga ega. Xususan, Navro‘z haqida «Avesto»da ko‘klam giyohlari unib, daraxtlar kurtak ota boshlagach, o‘sha atrofdagi qora kuchlar mahf bo‘lishi aytiladi.Alisher Navoiy kun bilan tun tenglashgan (Quyosh taqvimi bilan 21-mart) pallani shunday izohlaydi: Yuz ochib b

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»

Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард

20 Mar 12:50
 
45
0
postda.uz

NAVRO‘Z – DO‘STLIK VA BIRLIK RAMZIGA EGA BO‘LGAN UMUMXALQ BAYRAMI

Ma’rifat va ma’naviyat darsiMehr-oqibat va muruvvat kabi qadriyatlarni o‘zida ifoda etadigan Navro‘z eng qadimiy bayramlardan hisoblanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bayram 3 ming yildan ortiq tarixga ega. Xususan, Navro‘z haqida «Avesto»da ko‘klam giyohlari unib, daraxtlar kurtak ota boshlagach, o‘sha atrofdagi qora kuchlar mahf bo‘lishi aytiladi.Alisher Navoiy kun bilan tun tenglashgan (Quyosh taqvimi bilan 21-mart) pallani shunday izohlaydi: Yuz ochib b