NAVRO‘Z – DO‘STLIK VA BIRLIK RAMZIGA EGA BO‘LGAN UMUMXALQ BAYRAMI

Ma’rifat va ma’naviyat darsi
Mehr-oqibat va muruvvat kabi qadriyatlarni o‘zida ifoda etadigan Navro‘z eng qadimiy bayramlardan hisoblanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bayram 3 ming yildan ortiq tarixga ega.
Xususan, Navro‘z haqida «Avesto»da ko‘klam giyohlari unib, daraxtlar kurtak ota boshlagach, o‘sha atrofdagi qora kuchlar mahf bo‘lishi aytiladi.
Alisher Navoiy kun bilan tun tenglashgan (Quyosh taqvimi bilan 21-mart) pallani shunday izohlaydi: Yuz ochib bildirdi qad birla sochi teng erkanin, Zohir o‘lg‘ondek tun-u kun tengligi Navro‘zdin.
Umar Xayyom «Navro‘znoma» asarida: «Qachonki, Hamal qoshidan o‘z aylanish davri bo‘ylab yo‘lga chiqqan oftobni osmon yana uyiga qaytarib keltirsa, uning boshqatdan falak sayriga chiqishdan boshlab olamni o‘zgartirib yuboradigan yangi tarix boshlanadi», deb yozadi. Al-Hakim at-Termiziy esa o‘zining «Navro‘znoma» asarida Navro‘z va Navro‘z bayrami tafsilotlari barobarida uning kelishi haftaning qaysi kunlariga to‘g‘ri kelsa, yilning qanday kechishini, dehqonchilik, savdo-sotiq hamda boshqa sohalarda tabiat va zamonning avzoyini osmon yoritkichlari harakatlari orqali asoslab beradi.
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk», Firdavsiyning «Shohnoma», Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarlarida ham Navro‘z haqida ma’lumotlar ko‘p.
Islom tarixiga oid manbalarda ham ushbu kunga oid tushunchalar keng qo‘llanilganiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, ulug‘ ulamolarimiz fiqhiy kitoblarda xalqimizning an’anaviy hamda milliy bayramlarini, jumladan, Navro‘zni bayram tariqasida nishonlash haqida fatvo berganlar. Binobarin, «Fatvoi zahiriya»da shunday deyiladi: «Navro‘z uch xildir: Navro‘zi Jamshidiy, Navro‘zi Majusiy va Navro‘zi Sultoniy. Navro‘zi Sultoniyni o‘tkazmoqlik maqbuldir va hech dinga ziyoni yo‘qdur».
Navro‘zi Jamshidiy afsonaviy shoh Jamshid nomiga borib taqalsa, Navro‘zi Sultoniy mashhur Saljuqiy hukmdor Jaloliddin Malikshoh nomi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Sosoniylar hukmdori Piruz davrida ham transformatsiya yuzaga kelib, bayram Navro‘zi Piruzi sifatida nom olgan. Ammo nom o‘zgarishiga qaramasdan, asl mohiyat o‘zgarmagan va bu kun yangi yilning boshlanish sanasi sifatida nishonlab kelingan.
Navro‘z bayrami Afg‘oniston, Albaniya, Bahrayn, Eron, Hindiston, Iroq, Livan, Ozarbayjon, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Suriya, Tojikiston, Turkiya, Turkmanistonda va Rossiya Federatsiyasining ayrim mintaqalarida keng nishonlanadi.
Mamlakatimizda Navro‘z bayrami rasman 1990-yildan boshlab keng nishonlanib kelinadi. Shuningdek, ushbu yildan e’tiboran 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami va dam olish kuni sifatida belgilandi.
Mazkur bayram 2009-yil 30-sentabrda insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida YUNЕSKO tomonidan umumjahon nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritildi. Shuningdek, 2010-yilning 19-fevral kuni BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart «Xalqaro Navro‘z kuni» deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganidek, so‘nggi yillarda «Navro‘z o‘zining o‘lmas ruhi, umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda». Albatta bu bejiz emas. Chunki Navro‘z bayrami turli xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar va o‘zaro hamjihatlikni rag‘batlantirish, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Bu yilgi bayram shodiyonalari «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» degan g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi.
«Navro‘z» bayramining ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Birinchidan, mazkur bayram davlatchilik haqidagi qarashlarning ilk kurtaklarini o‘zida aks ettiradi. Navro‘z bu tarixan ajdodlarimiz udumlarini ulug‘lab, qomusiy bir tizimga solgan, xalqimizning jipslashishi va davlatchilik tushunchalarining shakllanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ikkinchidan, Navro‘z yer yuzining katta hududlari, xususan Xitoydan to Bolqon davlatlariga qadar cho‘zilgan mintaqada istiqomat qilib kelayotgan xalqlar tomonidan birdek nishonlanuvchi bayramdir. Ushbu bayramning doimiy va keng miqyosda nishonlanishi dunyoning bir nechta davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi.
Uchinchidan, Navro‘z asrlar davomida shakllangan an’ana va qadriyatlarni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga katta hissa qo‘shadi. Bu orqali esa, turli avlodlar o‘rtasida o‘ziga xos muloqoti shakllanadi.
To‘rtinchidan, Navro‘z umumxalq bayrami sifatida ahillik, o‘zaro birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish va insonlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik, millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shunday ekan, bu bayram umrboqiy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Barchamizga yangilanish, yasharish ayyomi – Navro‘zi olam muborak bo‘lsin.
Shuhrat RO‘ZIYEV,
o‘z muxbirimiz.
АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»
Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла
Qur’oni karim qo‘lyozmalarining xronologik tadriji yaratiladi
Markaz katta ilmiy xodimi Abdulaziz Mansur va Islom dini merosini saqlash bo'limi boshlig'i Mirzo Kenjabek xorij fondlarida saqlanayotgan Qur'oni karim qo'lyozmalarini davrlashtirish haqida fikr bildirishdi. Ular har bir qo'lyozmaning tarixiy ahamiyati, xattotlik namunalari va qog'oz turlari davrga bog'liq ravishda farq qilishini ta'kidlashdi.Shuningdek, muhokama doirasida 91 ta Qur'on qo'lyozmasi ko'rib chiqildi. Keyingi bosqichda yana 180 ta qo'lyozma o'rganilishi va asl nusxalarga tayangan ho
«ЗЕЛЕНАЯ» ЭКОНОМИКА – ГАРАНТИЯ ПРОГРЕССА
Урок духовности и просвещенияСегодня, когда экологические вызовы стоят особенно остро, переход к «зеленой» экономике является не просто желательным, а необходимым условием устойчивого развития. Для Узбекистана, обладающего богатым природным потенциалом и стремящегося