«Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limi Navbatchilik qismi eshitadi». Bu navbatchilik qismlarida har kuni bir necha marta yangraydigan jumla. Mana shu ikki og‘iz so‘zning o‘zi ilinj bilan qo‘ng‘iroq qilayotgan fuqaroda katta umid uyg‘otadi. Uni eshituvchi, muammosini hal qiluvchi davlat idorasi borligidan ko‘ngli taskin topadi.
Tuman IIB Navbatchilik qismida 6 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shu kuni navbatchilikda bo‘lgan mayor G‘iyosiddin Norinboyev 10 yildan buyon sohada xizmat qiladi. Uning yordamchisi safdor Ro‘zimuhammad Bo‘taboyev esa navbatchilikda besh yillik tajribaga ega xodim. Ikkalasi ham xushmuomalaligi, og‘ir-vazminligi va samimiyligi bilan e’tiborimizni tortdi. Kecha-kunduz turli xil murojaatlarga javob berish, har xil vaziyatdagi fuqarolar bilan muloqotni amalga oshirish oson emas. Lekin bu yigitlarda charchoq alomatlarini sezmadik. Ikkisi ham birdek tetik, o‘z vazifasida shaxdam.
– Bir sutka mobaynida kamida 35–40 ta murojaatni qabul qilamiz. Ularning bir qanchasi «102» xizmati orqali, qolganlari bevosita qo‘ng‘iroqlar asosida kelib tushadi. Tag‘in profilaktika inspektorlari tomonidan taqdim etiladigan arizalar ham bor. Qabul qilingan har bitta murojaat va hujjatni rasmiylashtirib, tegishli bo‘limlarga ijrosini ta’minlashga yo‘naltiramiz. Qilingan hech bir murojaat yechimsiz qolmasligi kerak, – deydi mayor G‘iyosiddin Norinboyev.
Xizmat jarayonini kuzatish davomida shunday holatga guvoh bo‘ldik. Navbatchilar bir muddat ham chalg‘imay, butun diqqat-e’tiborini ishga qaratmoqda. Ular xuddi shunday diqqat-e’tibor, 24 soat sergaklik bilan o‘z xizmat vazifasini ado etishadi.
«Navbatchilik qismi – ichki ishlarning yuragi», deyishadi. «Yurakning muntazam sog‘lom urishini ta’minlash esa bizning burchimiz». Bu fikr Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Navbatchilik qismi mas’uliyatli xodimlarining kundalik shioriga aylangan.
Nigora TO‘XTAMATOVA,
o‘z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
O‘zbekiston energetika haftaligi
Tegishli vazirlik va idoralar hamkorligidagi ushbu haftalikda 34 davlatdan 465 ta kompaniya va brend qatnashmoqda.Tadbir doirasida 120 dan ortiq spiker hamda 1 420 nafar delegat ishtirokida sanoatni rivojlantirish kun tartibi va mintaqaviy muloqotni belgilashda strategik ahamiyatga ega bo'lgan qator ko'rgazma va konferensiyalar o'tkaziladi. 'O'zbekiston neft va gazi ' OGU 2025' ko'rgazmasi va anjumani, 'Energetika, energiya tejash, atom energetikasi va muqobil energiya manbalari ' Power Uzbekist
Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.
Jahon banki Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari beradi
Jahon banki Ijroiya direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi maʼqullandi. Ushbu mablagʻlar elektr taqsimlovchi tarmoqlarni isloh qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga ulash hamda muhim hududlarda elektr taʼminotining ishonchliligini oshirishga yoʻnaltiriladi.Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Undan 50 million dollari 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisob
Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj
Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin