Toza va qulay atrof-muhit — inson huquqlarini ta’minlash kafolati

Konferensiya Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili, YEXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, Konrad Adenauyer hamda Fridrix Ebert jamg'armalari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning inson huquqlari bo'yicha vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Jumladan, Avstriya, Vengriya, Italiya, Marokash, Moldova, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Serbiya, Turkiya, Ummon, Finlyandiya, Qatar, Qirg'iz, Qozog'iston, Tailand Tojikiston, Turkmaniston Ombudsman institutlari hamda inson huquqlari himoyachilari, Xalqaro Ombudsman Instituti, Yevropa Ombudsman Instituti hamda Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda deputat va senatorlar, Bolalar ombudsmani, Biznes ombudsman, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda qator davlat tashkilotlari vakillari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) huzuridagi komissiya a'zolari, fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, oliy ta'lim muassasalari hamda OAV vakillari qatnashishdi.
Xalqaro konferensiyani ochib bergan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ta'minlashda Ombudsman institutining o'rni va ahamiyatiga alohida to'xtalishdi.
Ta'kidlanishicha, 1995-yil 23-fevralida Ombudsman instituti MDH davlatlari orasidan O'zbekistonda birinchilardan bo'lib joriy etildi. O'tgan davr mobaynida bevosita fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi Ombudsman faoliyatiga inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning yangi zamonaviy va samarali mexanizmlari tadbiq qilindi. Vakilning murojaatlar bilan ishlash jarayoni to'liq raqamlashtirildi va fuqarolarga qo'shimcha qulayliklar yaratildi. 2022-yildan Obudsmanning mintaqaviy vakillarining doimiy asosda ish boshladi va bu murojaatlarni joyida tezkorlik bilan xal etilishiga hizmat qilmoqda.
Qolaversa, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda o'zining munosib o'rniga ega bo'ldi. Ahamiyatlisi, Ombudsman fuqarolar murojaatlari asosida hal qilinishi lozim bo'lgan masalalarga hukumat e'tiborini qaratib kelmoqda.
Ma'lumki, bugungi kunda ekologik vaziyatning keskin o'zgarishi, havo va suv resurslarining ifloslanishi, tuproqning eroziyaga uchrashi va cho'llanish jarayonlarining kuchayishi insoniyatga jiddiy ta'sir o'tkazmoqda. Bioxilma-xillik, yerosti boyliklar va o'rmonlarning kamayib borishi tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga sabab bo'layotgan omillardandir. Bu esa nafaqat atrof-muhitga, balki insonlarning kundalik hayoti, sog'lig'i va mehnat sharoitlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi sir emas.
Xalqaro konferensiya o'z ishini sessiyalarga bo'lingan holda olib bordi. Hozirgi kunda ekologik vaziyatning keskin o'zgarishi, havo va suv resurslarining ifloslanishi, tuproq eroziyasi va cho'llanish jarayonlari insoniyatga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Konferensiyada mazkur muammolar va ularning inson huquqlariga ta'siri muhokama qilindi.
Tadbir doirasida Germaniyaning Fridrix Ebert jamg'armasi bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi va tadbir yakunida Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi.
'Xalq so'zi'.
Navoiy viloyati: tarixiy evrilishlar ostonasida
Navoiy viloyati va shoir nomini olgan shaharni koʻpincha vohaga konchilik sanoatining kirib kelishi bilan bogʻlashadi. Biroq oʻlkaning qadim tarixi ' Uchtutdagi yer osti Chaqmoqtosh koni, Sarmish va Sentobsoydagi qoyatoshga oʻyilgan suratlar, Karmana, Nurota va Xatirchidagi osoriatiqalar ushbu voha hududida yashagan ajdodlarimiz oʻz turmush tarzi, eʼtiqodi, madaniyat va maʼnaviyati bilan kishilik jamiyati tamal toshining qoʻyilishiga ham munosib hissa qoʻshganligidan dalolat beradi.Mozi
Idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi
Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini'belgilab berdi.Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqoʻm, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta koʻrib chiqiladi.Shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlg
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash
“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi
Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn