calendar 21 Apr 08:34
eye 410
comments 0
comments Manba: xs.uz

Idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi

image
Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini'belgilab berdi.

Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqoʻm, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.

Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:

Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish amaliyoti'bekor qilinadi.

Sertifikat olish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyxatini keskin qisqartirib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyoti joriy qilinadi.

Asbob-uskuna, xomashyo, maxsus texnika, transport importida mamlakatimizda tan olinadigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlari mezonlari ishlab chiqiladi, ular import qilinayotganda milliy sertifikat olish talab qilinmaydi.

'Bir soʻz bilan aytganda, biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz. Bu xalqaro amaliyotda oʻzini oqlagan', dedi prezident.

Mutasaddilarga 'Bozor nazorati toʻgʻrisida'gi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Umuman, sinov va sertifikatlashtirish boʻyicha davlat laboratoriyalari xususiy sektorga investitsiya kiritish sharti bilan berilsa, sohada sifat va raqobat boʻlishi, xizmat narxi tushishi koʻrsatib oʻtildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:27
 
1
0
xs.uz

Boʻstonliqda nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi – 2025” nomli respublika tanlovi oʻtkazildi — Fotoreportaj

Joriy yilning 28-iyun kuni Boʻstonliq tumanidagi 'Olmos' dam olish maskanida 'Biz birgamiz!' ijtimoiy loyihasi doirasida 7-17 yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida 'Maftunkor ranglar jilosi ' 2025' nomli respublika tanlovi boʻlib oʻtdi.Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida va Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi koʻmag

01 Jul 04:27
 
1
0
xs.uz

Oʻzbekiston hududiga juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda — FVV

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2-iyul kuni Oʻzbekistonning shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida, 3-5-iyulda respublika hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-46 darajagacha koʻtariladi.Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 3-5-iyulda ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.Shu oʻrinda Favqulod

01 Jul 04:27
 
1
0
xs.uz

3 nafar qizni fohishalik qilishi uchun Tailandga yubormoqchi boʻlgan 53 yoshli ayol ushlandi

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahrida yashovchi ayol jinoiy guruh tuzib, moddiy jihatdan qiynalgan qizlarni moʻmay daromad topishga ishontirgan. U qizlarni fohishalik va qoʻshmachilik qilish uchun Tailandga joʻnatib, ulardan foydalangan holda shahvoniy ekspluatatsiya qilishni reja qilgani haqida maʼlumot olingan.Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 53 yoshli ayol 3 nafar fuqaroni Tailandga joʻnatmoqchi boʻlgan vaqtid

15 Jun 10:46
 
27
0
xs.uz

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay