3 nafar qizni fohishalik qilishi uchun Tailandga yubormoqchi boʻlgan 53 yoshli ayol ushlandi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 53 yoshli ayol 3 nafar fuqaroni Tailandga joʻnatmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ayolning Tailanddagi 53 yoshli tanishi qizlarni kutib olib, ish bilan taʼminlashi evaziga 5 ming AQSH dollari yuborishi va 3 oy mobaynida fohishalik qilib, pul ishlab berishi sharti bilan kelishib olingani maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Avvalroq odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashirinib yurgan Oʻzbekistonlik ayol Toshkentga ekstraditsiya qilingani haqida xabar qilgandik.
Kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish oʻzlashtirildi
'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish yoʻlga qoʻyildi. 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ buyurtmasi asosida ana shunday vagonlarning dastlabki 15 tasi ishlab chiqarildi.Kecha zamonaviy dizaynga ega yangi avlod vagonlarini buyurtmachilarga toshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar alohida taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekiston timsoli koʻrinishidagi mazkur vago
Taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklov Konstitutsiyaga zid — Xalq demokratik partiyasi
Oʻzbekistonda yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Unga koʻra, endilikda har bir haydovchi oʻz hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar Konstitutsiyaga zid ekanini taʼkidlab, holat boʻyicha transport vaziridan rasmiy tushuntirish soʻrab soʻrov yuborgan. Bu haqida XDPning rasmiy
Yozyovonda parvarishlangan atirgullar eksport qilinadi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Yozyovon tumanida soʻnggi yillarda turli mevali va manzarali koʻchatlar yetishtirish, gulchilik sohasida oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Ayni jarayonda yer ilmi mirishkorlariga qoʻshni Quva tumani tajribasi qoʻl kelmoqda. Xususan, 'Ziynatbonu' fermer xoʻjaligining 30 sotix maydonida quvalik bogʻbon Vohidjon Isaqov bilan hamkorlikda 35 ming tup atirgul koʻchatlari yetishtirildi. Ayni kunlarda atirgulchilik plantatsiyasida gullar chaman boʻlib ochili
Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan 'Yoshlik' istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.Samarqand viloyati hok