calendar 13 Jun 00:36
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish oʻzlashtirildi

image


'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish yoʻlga qoʻyildi. 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ buyurtmasi asosida ana shunday vagonlarning dastlabki 15 tasi ishlab chiqarildi.

Kecha zamonaviy dizaynga ega yangi avlod vagonlarini buyurtmachilarga toshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar alohida taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekiston timsoli koʻrinishidagi mazkur vagonlar mamlakatimiz vagonsozlarining navbatdagi yutugʻi boʻldi. Shubhasiz, bu davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan zavodning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yoʻlovchilar uchun qulay, sifatli va xavfsiz vagonlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida olib borilayotgan islohotlarning samarasidir.

Darhaqiqat, Prezidentimiz 2024-yil 19-mart kuni Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodiga tashrifi chogʻida vagonsozlikni bugungi zamon talabi asosida rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan vagonlar dizaynini oʻzgartirib, yoʻlovchilarga qulaylikni oshirish zarurligiga eʼtibor qaratdi. Ayniqsa, kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurishni qoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq vazifalar berar ekan, uni koʻrgan odamlar Yangi Oʻzbekistondagi oʻzgarishlarini sezishi, inson manfaatlari yoʻlida amalga oshirilayotgan hayotiy oʻzgarishlardan ruhlanishi kerakligini aytgan edi.

'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' AJ boshqaruvi raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalasi boʻyicha birinchi oʻrinbosari Dilmurod Nigmanovning aytishicha, yangi 61-933 rusumdagi vagonlar ana shu koʻrsatmalar asosida qurilgan boʻlib, ular bugungi zamon talablariga toʻliq javob beradi. Muhtasham koʻrinishi, zamonaviy interyeri, eng asosiysi, qulay va xavfsizligi bilan alohida ajralib turadi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga taqdim etilayotgan vagonlar umumiy 160 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, 110 ta oʻrindiqqa ega. Havo sovitish va isitish tizimi bilan jihozlangan.

' Korxonamiz ishchi-xodimlarini tashishda foydalanilayotgan vagonlar eskirib, yangilashga ehtiyoji tugʻilgan edi, ' deydi 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ Temir yoʻl transporti boshqarmasi vagon xizmati boshligʻi Samat Umarov. ' Shu bois maxsus vagonlar sotib olish boʻyicha shartnoma tuzib, zavodning 2025-yilgi ishlab chiqarish rejasiga kiritgan edik. Buni qarangki, zavod jamoasi buyurtmamizni juda qisqa fursatlarda bajarib, atigi besh oy ichida yangi vagonlarni taqdim qildi. Vagonlarni koʻrib, xursand boʻlib oʻtiribmiz. Kutganimizdan ham aʼlo ekan. Avvalgilari bilan taqqoslanganda harakatlanish tezligi yuqori boʻlsada, shovqinsiz. Bu yurtimizda ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoiti yaratib berish borasidagi ishlarning yorqin namunasi, deyish mumkin.

Bir soʻz bilan aytganda, Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodining sanoat korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish loyihasi yurtimiz temiryoʻl infratuzilmasini yanada rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini oshirish va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishni taʼminlash yoʻlida tashlangan navbatdagi muhim qadam boʻldi.

Husnora AHMADALIYEVA,

Toʻmaris SAGINDIKOVA,

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston

Milliy universiteti jurnalistika va

oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:36
 
18
0
xs.uz

Kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish oʻzlashtirildi

'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish yoʻlga qoʻyildi. 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ buyurtmasi asosida ana shunday vagonlarning dastlabki 15 tasi ishlab chiqarildi.Kecha zamonaviy dizaynga ega yangi avlod vagonlarini buyurtmachilarga toshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar alohida taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekiston timsoli koʻrinishidagi mazkur vago

13 Jun 00:38
 
10
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva va XMT Bosh direktori Jilber Ungbo uchrashuvida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Uchrashuvda XMT bilan har yili mehnat huquqlari va boshqa yoʻnalishlarda imzolanayotgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Bu boradagi amaliy faoliyat mamlakatda munosib mehnat tamoyillarining mustahkam qaror topishiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Xususan, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yoʻnalishlari va asosiy tamoyillari bilan toʻliq uygʻun ekani alohida eʼtirof etildi.Shuningdek, tomonlar 'Strategiya ' 2030' doirasida Oʻz

15 Jun 10:46
 
15
0
xs.uz

Bugun havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

'Oʻzgidromet' 15-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 36-38html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

17 May 21:46
 
32
0
xs.uz

“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da