Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev 'Yoshlik' istirohat bogʻi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish jarayonida oʻyin qurilmalarining bir-biriga juda yaqin joylashtirilgani odamlarning erkin harakatlanishiga xalaqit berayotgani, hududdagi baʼzi bino va inshootlar qarovsiz holatga tushib qolgani aniqlandi. Chiqindilar olib chiqib ketilmagani, ayrim daraxtlar suvsizlikdan qurib borayotgani maʼlum boʻldi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, 'Yoshlik' istirohat bogʻi maydoni 5 gektar 44 sotixni tashkil qilib, hududga 78 ta oʻyin qurilmasi oʻrnatilgan.
Viloyat rahbari samarqandliklar farzandlari bilan oilaviy hordiq chiqaradigan bogʻning achinarli ahvolga kelib qolgani yuzasidan tanqidiy fikr bildirdi. Qisqa muddat ichida hududni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, qurib borayotgan daraxtlarni sugʻorish, odamlarning xavfsizligini taʼminlash, noqonuniy oʻrnatilgan oʻyin qurilmalarini olib tashlash, bogʻni koʻrkam va zamonaviy maskanga aylantirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shu kunlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 'Yoshlik' istirohat bogʻida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududni zamonaviylashtirish va fuqarolarning dam olishi uchun yanada qulay muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratilyapti.
“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so
Erkalatsa otasi, boshga chiqar bolasi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Farzandini suymagan inson yoʻq. Biroq uni haddan ziyod erkalatishning foydasidan zarari koʻproq. Buni yaqinla Namanganda 16 yoshli qizning avtomashina ruliga oʻtirishi oqibatida roʻy bergan fojia yana bir bor tasdiqladi.Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda or
Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi
Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar
MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi