Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq boʻldi

Gʻiyosovning soʻzlariga koʻra, u joriy yilning 12-aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Oʻsha kuni unga meksikalik bokschi raqiblik qiladi.
Maʼlumot uchun, mazkur turnirning markaziy jangi yarim oʻrta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanyonis hamda IBF chempioni Jaron Ennis oʻrtasida kechadi. Shahram Gʻiyosov ushbu boks kechasida raqibi ustidan gʻalaba erishsa, keyingi jangini aynan Ennis ' Stanyonis bahsi gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.
Aytish joiz, vakilimiz professional faoliyati davomida 16 bor ringga koʻtarilib, ularning barchasida zafar quchgan. U soʻnggi jangini 2024-yilning 31-iyulida Migel Parraga qarshi oʻtkazib, hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongandi.
Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq boʻldi
Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini qachon va qayerda oʻtkazishi aniq boʻldi. Bu haqda sportchining oʻzi 'Sport' telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.Gʻiyosovning soʻzlariga koʻra, u joriy yilning 12-aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Oʻsha kuni unga meksikalik bokschi raqiblik qiladi.Maʼlumot uchun, mazkur turnirning markaziy jangi yarim oʻrta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanyon
Bahodir Jalolovning keyingi jangi qachon?
Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Ostana shahrida boʻlib oʻtadigan yirik boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Mazkur turnirni jahonga mashhur 'Top Rank' promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda. Jalolov ushbu kompaniya bilan shartnomaga ega boʻlgani uchun bu xabar haqiqatga yaqin.Qayd etish kerakki, Jalolov 7-fevral kuni Kanadada fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang oʻtkazishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar bokschining yuzida paydo boʻl
KUBOK KUCHLILARGA NASIB ETDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Qo'shin kubogi” musobaqasi o'tkazildi.Navoiy shahridagi “Kimyogar” o'yingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib borishdi.Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan bo'lsa, keyingi o'rinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.G'o
Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchiga qoʻl bermagani uchun tanqidlarga uchradi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev 'Tata Steel Chess 2025' turniri doirasidagi bahsda hindistonlik shaxmatchi Vaishali Rameshbabu bilan oʻyin oldidan qoʻlini siqib qoʻymagani sababli ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalar sabab boʻldi va tanqidlarga uchradi.Ushbu holat turnirning 4-turi doirasidagi bahsda kuzatilgan. Odatda shaxmatchilar oʻyin boshlanishidan oldin bir-birlarining qoʻlini siqib qoʻyishadi. Ammo Yakubboyev Vaishali uzatgan qoʻlni siqib qoʻyishni istamagan.N