Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchiga qoʻl bermagani uchun tanqidlarga uchradi

Ushbu holat turnirning 4-turi doirasidagi bahsda kuzatilgan. Odatda shaxmatchilar oʻyin boshlanishidan oldin bir-birlarining qoʻlini siqib qoʻyishadi. Ammo Yakubboyev Vaishali uzatgan qoʻlni siqib qoʻyishni istamagan.
Nodirbek ushbu holatga munosabat bildirar ekan, bu ish oʻzining eʼtiqodi bilan bogʻliqligini taʼkidlagan.
'Hurmatli shaxmatchilar, Vaishali bilan oʻyinda boʻlgan vaziyatni tushuntirmoqchiman. Ayollar va hindistonlik shaxmatchilarni hurmat qilgan holda, diniy sabablarga koʻra boshqa ayollarga tegmasligimni hammaga bildirmoqchiman', ' deb yozadi Yakubboyev oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida.
'Men Vaishali va uning ukasini Hindistondagi eng kuchli shaxmatchilar sifatida hurmat qilaman. Agar men uni xatti-harakatim bilan xafa qilgan boʻlsam, kechirim soʻrayman. Men qilishim kerak boʻlgan narsani qilaman. Bugun men bu haqda Irina Bulmagaga aytdim. U bunga rozi boʻldi. Ammo oʻyin zaliga kelganimda, hakamlar hech boʻlmaganda imo-ishora sifatida Namaste qilishim kerakligini aytishdi. Divya (avval ham shunday holat boʻlgani nazarda tutilmoqda ' tahrir.) va Vaishali bilan boʻlgan oʻyinlarda oʻyin oldidan ularga bu haqda gapira olmadim. Shu sababli ham noqulay vaziyat yuzaga keldi', deb qoʻshimcha qiladi u.
Bu esa baʼzi hindistonliklar tomonidan keskin ravishda qoralanib, uning tarmoqdagi munosabatida haqorat va tazyiqlar qoldirishmoqda. Xususan, ulardan biri 'Senda sport mahorati yoʻq va sening munosabating koʻngil aynitadi', deb yozib qoldirgan. Ahamiyatlisi shundaki, oʻzbekistonlik ayrim X foydalanuvchilari ham Nodirbekni ushbu harakati uchun qoralab, hamyurtining avval ayol shaxmatchilar bilan qoʻl berib oʻyinni boshlagan rasmlarini joylashgan.
Shunga qaramasdan, izohlarda sportchimizning harakatini siyosiylashtirmaslikni va notoʻgʻri talqin qilmaslikni anglatuvchi izohlar ham qoldirilmoqda. Xususan, X faollaridan biri Ravshan Burxonov Nodirbekni tanqid qiluvchilarga 'Agar Nodirbek mehribonlik bilan Vaishaliga mehmondoʻstligi uchun mol goʻshtidan tayyorlangan biftek taklif qilsa va Vaishali diniy eʼtiqodi tufayli rad etsa, Vaishalining rad etishini hurmatsizlik deb hisoblaysizmi?', deya izoh qoldirgan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, shaxmatchilarning oʻyin oldidan qoʻl berishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan qoida emas. 'FIDE Laws of Chess' (Xalqaro shaxmat tashkilotining qoidalar toʻplami)ning 11.1-qoidasida shunday deyildi: 'Oʻyinchilar shaxmat oʻyinini obroʻsizlantiradigan hech qanday harakat qilmasliklari kerak'. Bu yerda aniq qanday hurmat koʻrsatish kerakligi esa aytib oʻtilmagan.
FIDE hozircha holat yuzasidan hech qanday munosabat bildirmagan.
Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi
Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid
Mamlakatimizda taekvondo WTF bo‘yicha 16-html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBek Mun Jonghtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end an’anaviy xalqaro turniri start oldi
Turnir doirasida universitetga Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari, taekvondo assotsiatsiyasi hamda Janubiy Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.Mazkur xalqaro turnir doirasida universitet rektori Rashid Matkarimov va xorijiy mehmonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda universitetlar o'rtasida taekvondo sportini rivojlantirish bo'yicha xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlash hamda universitet hududida Koreya inv