calendar 24 Mar 13:25
eye 349
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonlik harbiylar AQSH Milliy gvardiyasining maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilarini magʻlub etib, nufuzli musobaqa gʻolibi boʻlishdi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Alishox va III-darajali serjant Jovkashev Shoxrux joriy yilning 17'20-mart kunlari AQSHning Missisipi shtatidagi 'Camp Shelby' harbiy-oʻquv bazasida oʻtkazilgan 'Eng ilgʻor jangchi'2025' musobaqasida munosib ishtirok etishdi.

Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus boʻlinmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik harbiylar AQSH Milliy gvardiyasining maxsus boʻlinma vakillari bilan kuch sinashdi.



Musobaqa doirasida harbiy xizmatchilar yakka tartibda jismoniy tayyorgarlik sinovlari ' Fitnes test, ruhiy bosim ostidagi sinovlar, tunda 15 kilometrga yoʻnalish olish, 15 kilogramm yuk bilan 20 kilometr marsh yugurish, harbiy va umumiy tayyorgarlik boʻyicha testlar, harbiy hamkorlik mavzusida insho yozish kabi shartlarda bellashdilar.

Shuningdek, artilleriya olovini boshqarish, AQSH qurollarini qismlarga ajratish, yigʻish va ulardan foydalanish, tibbiy tayyorgarlik, kimyoviy xavfga qarshi himoyalanish hamda kutilmagan topshiriqlarni bajarish boʻyicha sinovlar ham boʻlib oʻtdi.



Jamoaviy bahslarda oʻzbekistonlik harbiylar 15 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofani 1 soat 50 daqiqada bosib oʻtishdi. Yakka tartibdagi bahslarda esa III-darajali serjant Jovkashev Shoxrux 3 kilometr 219 metrni 11 daqiqa 18 soniyada yugurib oʻtdi. Kichik serjant Abdullayev Alishox esa 250 metr masofada majmuaviy harakatlarni 1 daqiqa 18 soniyada bajardi hamda 5 kilogramm ogʻirlikdagi toʻpni 12,3 metrga uloqtirib, yuqori natijalarga erishdi. Har ikki harbiy xizmatchi barcha shartlarda musobaqa rekordini yangilagan holda yuksak natijalarga erishdi.



Musobaqa yakunida Oʻzbekiston vakillari maxsus sovrin bilan taqdirlandilar. Bu ularning ushbu musobaqada ilk muvaffaqiyati emas. 2019-yildan buyon har yili 'Eng ilgʻor jangchi' musobaqasida qatnashib kelayotgan oʻzbekistonlik harbiylar doimiy ravishda yuqori natijalarga erishib, ishtirokchilar orasida mutlaq ustunlikni qoʻlga kiritib kelishmoqda.



Gʻoliblar 23-mart kuni Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda harbiylarning yutugʻi Oʻzbekiston mudofaa tizimida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning samarasi ekani taʼkidlandi. Ushbu yutuq mamlakatimiz harbiy salohiyatining tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.




Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
25
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

23 Mar 16:43
 
65
0
xs.uz

Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud