Xabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.
Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta boʻlmoqda, desak, mubolagʻa emas.
Ruknimizni yanada boyitish maqsadida endilikda qardosh mamlakatlar ijodkorlarning ijodidan ham namunalar berib borishni ham maqsad qildik. Kuni kecha pochtamizga Ozarbayjon Respublikasining 'Askar' gazetasi muharriri, mayor Anar Ahmadov oʻzining yurtimizga ulkan mehr-muhabbat bilan yozgan bir qator sheʼrlarini joʻnatibdi. Quyida ulardan ayrimlarini sizga taqdim etmoqdamiz.
BIR KUN BORADIRMAN OʻZBEKISTONGA
Bir kun boradirman Oʻzbekistonga,
Qadim turk yurtiga, qardosh makonga.
Chiqaman undagi eng yuksak togʻga,
Baland qoyalarga, baland choʻqqiga,
Salom deb u yerdan Oʻzbekistonga,
Yoʻllarman mehrimni qardosh oʻlkaga.
Bir kun boradirman Oʻzbekistonga,
Aziz qarindoshim qadim yurtiga.
Sayr etib bir boshdan shaharlarini,
Buxoro, Xiva-yu ham Samarqandni,
Qoʻqonni, Termiz-u ham Fargʻonani,
U aziz, u qadim, goʻzal Toshkentni.
Bir kun boradirman Oʻzbekistonga,
Neʼmatlari darmon totgan har jonga.
Mehmon hayron qolar boqib bu yurtga,
Oʻzin baxtli koʻrar uning qoʻynida.
Oʻxshamas dunyoda hech bir makonga,
Qiyoslashar shu bois gulistonga.
Bir kun boradirman Oʻzbekistonga!
OʻZBEKISTON TARIXI
Oʻqidim necha bor men tarixingni,
Yurakdan oʻrgandim bu turk elini.
Axir qanday sevmay shirin tilingni?
Bemalol anglaymiz bir-birimizni.
Urgan yuragidir u Turkistonning,
Kechmishi shonlidir Oʻzbekistonning.
Baxsh etgan jahonga necha dohiylar,
Olimlar, tabiblar, mutafakkirlar,
Ilmga jon tikkan muborak zotlar,
Sino-yu Navoiy, al-Beruniylar.
Madaniyati boy qardosh diyorning,
Kechmishi shonlidir Oʻzbekistonning.
Mardi tarix yozib qilichlarila,
Vatanni asragan oʻz jonlarila.
Har biri gʻururlanar oʻzbek nomila,
Amir Temurila, bobolarila.
Buyuklar nom qoʻygan ulugʻ diyorning,
Kechmishi shonlidir Oʻzbekistonning.
Sayr-u sayohat et shaharlarini,
Koʻrarsan u mahal goʻzalligini.
Fargʻona, Buxoro, Xiva, Samarqand,
Insonni yayratar muhtasham Toshkent.
Har toshi tarixdir qardosh diyorning,
Kechmishi shonlidir Oʻzbekistonning.
SHAHARLAR SHAHARI, GOʻZAL SAMARQAND
Afrosiyob edi avvalgi noming,
Yoyilgan jahonga shuhrating, shoning,
Tiliga yod boʻlgan qari dunyoning,
Qalbini fath etding sen Botuttaning,
Boqib maftun boʻlgan, ot qoʻymish senga:
Shaharlar shahari, goʻzal Samarqand.
Registon maydoni urib turgan qalbi,
Hammani lol etar madrasalari,
Temurning turbasi, Bibixonim masjidi,
Shohi-zinda atalgan oʻshal maskanni,
Ochigʻi, bunchalik bilmagan edim.
Shaharlar shahari, goʻzal Samarqand.
Oʻzbek qardoshimning oʻt yuragisan,
Olgan nafasisan, koʻrar koʻzisan,
Oʻtmishi, buguni, kelajagisan,
Ulugʻ turk millatin shoh asarisan,
Insonlari goʻzal, suhbatlari qand,
Shaharlar shahari, goʻzal Samarqand.
Koʻrmagan esamda vasf etdim seni,
Suratingla yana jalb etding meni,
Jismimla Bokuni, ruhimla sening
Tez-tez sayr etaman koʻchalaringni.
Devona shoirdek boʻldim senga band,
Shaharlar shahari, goʻzal Samarqand.
Ozarboyjonchadan Rahmat Bobojon tarjimasi
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”
21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani
Botqoq oʻrnida qad rostlagan gʻaroyib bino
Mir Arab olamga dongʻi ketgan madrasalardan. Men ushbu ilm maskanida tahsil olishga musharraf boʻlganman. U Masjidi Kalonning roʻparasida. Yonida mashhur Minorai Kalon bor. Salobatli madrasa darvozasi nihoyatda goʻzal tarzda turli naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Ularda koʻk rang ustuvor. Atrofidan dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sayyohlar arimaydi.Shu madrasani qurdirgan Sayyid Abdulloh Yamaniy qabri madrasaga kirishda chap qoʻl tarafda. Bu yerdagi maxsus xilxonada yana bir nec
Uvol qilingan meros yoxud Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi
Samarqand viloyatida XIX ' XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani maʼlum boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatida XIX ' XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlangani oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 milliard soʻmlik zarar yetkazilga