calendar 14 May 14:34
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

image

Bugun, 13 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoy delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga XXR Raisi Si Szinpin va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Joriy yil yanvar oyida Xitoyga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi tahlil qilingan.

Qo‘mita faoliyati samarali natijalar berayotgani, tovar ayirboshlash va jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi barqaror oshayotgani, muntazam aviaqatnovlar soni ko‘payib borayotgani, madaniy tadbirlar faol o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

"Savdo ko‘rsatkichlarida muvozanatni ta’minlash va mamlakatimiz mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar kooperatsiyasini kengaytirish, gumanitar, ta’lim va turizm dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha ishlarning amaliy bosqichini tez fursatda boshlash bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
56
0
xs.uz

Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati

16 Apr 15:12
 
83
0
xs.uz

Prezident masʼullarga “Doʻstlik” postidagi tirbandlikni bartaraf etish vazifasini topshirdi

Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

14 Apr 06:18
 
50
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani