calendar 11 Apr 14:01
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turonbankning 2023-yildagi faoliyat sarhisobi

image
Oʻzbekiston moliya bozorida 33-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda Respublika boʻyicha oʻzining 21 ta bank xizmatlari markazi va 70 dan ziyod ofislari orqali 622 ming nafardan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻtgan 2023-yilda tijorat banki fuqarolarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish, biznes egalarining istiqbolli loyihalarini qoʻllab ' quvvatlash, yangi mahsulotlarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha samarali ishlarni olib bordi. Oʻzbekiston milliy matbuot markazida oʻtgan press anjumanda 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi aʼzolari bu haqida batafsil maʼlumot berishdi.



Qayd etilganidek, 2024-yilning 1-yanvar holatiga bankning jami kapitali 1 trln. 897 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ayni shu davrda aktivlar 15 trln. 939 mlrd. soʻmga yetib, 23,8 foizga oshdi. Shuningdek, oʻtgan 2023-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilingan depozitlar miqdori 4 trln. 661 mlrd. soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yil bilan solishtirganda 33,5 foiz koʻp demakdir. Jami kredit qoʻyilmalari esa 11 trln. 894 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 26% ga oʻsdi.

Bundan tashqari, hisobot davrida biznes egalarini moliyaviy qoʻllab- quvvatlash maqsadida bank tomonidan 3 trln. 202 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratildi. Shundan kichik biznes subyekt-lariga 1 trln. 437 mlrd. soʻm, ayollar tadbirkorligiga 86 mlrd. soʻm, yoshlarning startaplarini amalga oshirish uchun 82 mlrd. soʻm va boshqa qator yoʻnalishlarning mablagʻlar yoʻnaltirildi.



Yirik korporativ mijozlarning istiqbolli biznes loyihalarini amalga oshirish uchun esa Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Turkiyaning Eksimbanki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, Xitoyning Eksimbanki, Germaniyaning 'AKA' banki, Chexiyaning SЅOV banki va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yanada faollashtirildi.

Ular orqali 'Qishloq xoʻjaligi', 'Chorvachilikni rivojlantirish', 'Oziq ' ovqat mahsulotlarini qayta ishlash', 'Toʻqimachilik va tekstil', 'Meva- sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirish', 'Turizm', 'Xizmatlar sohasi' hamda 'Hunarmandchilik' kabi oʻnlab yoʻnalishlarga xorijiy kredit liniyalari oʻzlashtirildi. Xususan, hozirgi kunga kadar 1000 dan ortiq loyihalarga 270 mln. AQSH dollarlik mablagʻ ajratildi.



'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki oʻtgan 2023-yilda endigina oʻz biznesini boshlayotgan yoki kapitallashuv darajasini oshirish istagida boʻlgan kichik biznes subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xam bir qator manfaatli xizmatlarni taklif etdi. Xususan, 'Aylanma mablagʻlarni toʻldirish', 'Ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash', 'Mikrokreditlash', 'Invest loyihalarni rivojlantirish', tender savdolarida qatnashishlari uchun 'Bank kafolati', 'Eksport amaliyotlarini bajarish' hamda quyosh panellari uchun 'Eko panel' nomli mahsulotlari shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, yuridik shaxslarning boʻsh turgan sarmoyalarini yuqori foyda bilan xavfsiz koʻpaytirish maqsadida milliy valyutada 20%dan, xorijiy valyutada esa 7%dan depozitlar taklif etilmoqda. Qolaversa, ishbilarmonlarimizning vaqtlari va mablagʻlarini tejash maqsadida, bank tomonidan ular uchun hisobraqamlarga masofadan xizmat koʻrsatuvchi maxsus 'Turon Business' mobil ilovasi, 'SMS va Internet banking' xizmati hamda 'One Touch' singari innovatsion dasturlar ham ishga tushirilgan. Bugungi kunda mazkur qulaylikdan qariyb 48 ming nafar yuridik mijozlar foydalanishmoqda.



Shuningdek, press ' anjuman davomida oʻtgan 2023-yilda jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar, taklif etilgan yangi mahsulotlar boʻyicha xam maʼlumotlar berildi. Unga koʻra, 'Turonbank' ATB tomonidan jismoniy shaxslarga umumiy hisobda 1 trln. 612 mlrd. soʻm miqdoridagi kreditlar ajratilgan.

Ularning 343 mlrd. soʻmi 1598 nafar mijozga ipoteka kreditiga, 8,2 mlrd. sumi 284 nafar mijozga isteʼmol kreditiga, 336 mlrd. soʻmi 25 ming 569 nafar fuqaroga mikroqarzga, 906 mlrd. soʻmi 5 ming 695 nafar mijozga avtokreditga, 18,3 mlrd. soʻmi 2 ming 41 nafar talabalarga taʼlim kreditga va 74 mlrd. sumi 13 ming 809 nafar mijozga onlayn mikroqarzga rasmiylashtirilgan.



Bundan tashqari, 2023-yil yakunlari boʻyicha 'Turonbank' ATB kassalariga 1 trln. 552 mlrd. soʻmga teng aholi omonatlari jalb etilib, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga oʻsdi. Buning natijasida mijozlarga kulay va manfaatli boʻlgan milliy valyutada 'Ipoteka', 'Ustivor', 'Imkoniyat plus', 'Maksimum onlayn' hamda xorijiy valyutada 'Optimum' omonatlari taqdim etildi.

Qolaversa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va plastik kartochkalar emissiyasini koʻpaytirish boʻyicha 2023-yilda 599 ming 162 dona milliy valyutadagi plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan boʻlib, shundan 371 ming 710 donasi 'UzCard' va 227 ming 452 tasi 'Nito' tizimidagi plastik kartochkalar hisoblanadi.



Shu bilan birga, 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki 3 mingga yaqin 'Visa' hamda 15 ming 299 ta 'MasterCard' xalqaro plastik kartochkalarini xam fuqarolarga ochib berdi. Mazkur plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashitirish, kirim qilish va boshqa amaliyotlar uchun butun Respublika boʻyicha lovu ta 'UzCard', 132 ta 'Humo' va 63 dona valyuta ayirboshlash xususiyatiga ega bankomatlar ishlab turibdi.

Yana bir jihatni qoʻshimcha qilish lozim. 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda 2022-yilda bankning yangi 'MyTuron' mobil ilovasining yangilangan talqinini ishlab chiqdi. Yangi dizayn, zamonaviy interfeys va koʻplab bank xizmatlarini oʻzida jamlagan ilovani 2023 yakunlari boʻyicha 150 mingdan ortiq foydalanuvchilar yuklab olishdi va identifikatsiyadan muvaffaqiyatli utishdi. 'MyTuron' mobil ilovasida bir necha daqiqa ichida onlayn mikroqarz olish, 'UzCard', 'Humo', 'Visa' va 'Mastercard' plastik kartalariga buyurtma berish, 'Humo Virtual' kartasini bepul ochish kabi koʻplab funksiyalar mavjud.



OAV vakillarining savollariga javob berar ekan, 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki vakillari bugungi kunda mijozlar uchun taklif etilayotgan va ommalashib borayotgan bank mahsulotlariga xam toʻxtalishdi.

Xususan, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab quvvatlash maqsadida 'Biznesga birinchi qadam' nomli kredit turi ham ishlab chiqilganligi aytildi. Uning doirasida fuqarolarga 5 mln. soʻmgacha boʻlgan moliyaviy koʻmakni hech qanday boshlangʻich toʻlov va garovlarsiz, shunchaki sugʻurta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi bilan olishlari mumkin boʻladi. Agarda ular uz bizneslarini yanada kengaytirish istagida boʻlsalar qoʻshimcha yana 300 mln. soʻmgacha mikrokredit ham ajratiladi. Faqatgina bunda koʻchar, koʻchmas mulk yoki avtotransport vositasi garov sifatida taqdim etilishi lozim.



Qolaversa, mijozlarga 'Isteʼmol krediti', 'Mikro-qarz', 'Rasmiy daromadsiz mikroqarz', 'Sayohat uchun kredit', 'Sogʻliqni saqlash uchun kredit' va 'Taʼlim krediti' kabi mahsulotlar ham taqdim etilmoqda. Ular haqida batafsil bankning www.turonbank.uz rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Bir soʻz bilan aytganda, 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki oʻtgan 2023-yilda mamlakat moliya bozoridagi oʻz oʻrni va imijini yanada mustahkamlab, jismoniy va yuridik shaxslarga koʻplab yangi xizmat va mahsulotlarni taqdim etdi.















Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
14
0
postda.uz

BIRI-BIRIGA SHOGIRD, BIRI-BIRIGA USTOZ

Umidjon Soliyev uzoq yillar Andijon viloyati ichki ishlar organlari navbatchilik qismlarida xizmat qilib, viloyat IIB Situatsion markazi navbatchilik qismi boshlig‘i lavozimidan podpolkovnik unvoni bilan pensiyaga chiqdi. Uning ukasi Ulug‘bek tergov xizmatida faoliyat olib borgan. U ham podpolkovnik unvonigacha xizmat qilgan. So‘nggi paytlarda Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Nodirbek katta akalari izidan bordi. Hozirda u Andijon viloyati

10 May 13:30
 
28
0
postda.uz

QO‘ShALOQ TADBIR

IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7535-harbiy qismda yigitlik burchini o‘tab, Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilayotgan askarlar orasida test sinovlarini a'lo baholarga topshirgan, xizmati davomida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga tavsiyanomalar berish hamda kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda qism komandiri so‘zga chiqib, muddatli harbiy xizmatchilarga Vatan himoyasi, el tinchligi yo‘lida bedor o‘tkazgan tunlari, o‘z burchlarini sharaf bilan ado etganlikla

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Xitoyning CNNC kompaniyasi bilan hamkorlikda uran ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda

Temur Eshboyev/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, soʻnggi yillarda har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi togʻ-kon sanoati va geologiya-qidiruv sohasida ham yangi-yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Xususan, 'Navoiyuran' davlat korxonasi va Xitoyning Milliy yadro korporatsiyasi bilan yoʻlga qoʻygan oʻzaro hamkorlik aloqalari mamlakatimizda uran sanoati rivojida yana bir muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.Xitoyn

23 Apr 03:36
 
29
0
xs.uz

Fargʻonada Xitoy kompaniyasi ishtirokida qurilish klasteri tashkil etiladi

Botir Madiyorov/ 'Xalq soʻzi'. Beshariq tumanidagi 'Fargʻona yasin qurilish mollari' Oʻzbekiston ' Xitoy qoʻshma korxonasi viloyatga 200 million dollardan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritib, sifatli sement mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Ayni paytda korxona mahsulotlari nafaqat Fargʻona vodiysi bozorlari, balki qoʻshni respublikalarda ham xaridorgir boʻlib ulgurdi.Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan boʻlib oʻtgan yuzma-yuz muloqotda