Fargʻonada Xitoy kompaniyasi ishtirokida qurilish klasteri tashkil etiladi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan boʻlib oʻtgan yuzma-yuz muloqotda korxona rahbarlari Guan Jong Vu hamda Erkin Mahmudov yana bir necha istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritish koʻzda tutilayotgani xususida taʼkidladi.
Yangi rejaga koʻra, korxona tomonidan viloyatda zamonaviy qurilish materiallari klasteri tashkil etiladi. Shuningdek, istiqbolli biznes-reja doirasida qurilish va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida yangi loyihalar amalga oshiriladi. Uchrashuvda xitoylik investor qoʻshni Tojikiston bilan chegaradosh hududda quvvat 500 MVtlik quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasi haqida ham maʼlum qildi.
' Prezidentimizning joriy yilning yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chogʻida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida tashabbuslar ilgari surildi, ' deydi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonaning Oʻzbekistondagi rahbari Erkin Mahmudov. ' Ana shundan kelib chiqib, viloyatda koʻp tarmoqli qurilish klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganmiz. Bu qurilish materiallari ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida yangi imkoniyatlar yaratadi.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 29-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,71 soʻmga koʻtarilib, 12 974,98 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,48 soʻmga pastlab, 13 540,69 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,32 soʻmga koʻtarildi va 133,06 soʻmni tashkil qildi.
Dollar “uchmoqda”, yevro va rubl ham koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 21-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,09 soʻmga koʻtarilib, 12 975,09 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 21,31 soʻmga oshib, 13 373,43 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,14 soʻmga koʻtarildi va 127,63 soʻmni tashkil qildi.
Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi
Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt
Bu yil uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm ajratiladi
Uy-joy qurishda asosiy eʼtiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi taʼkidlandi.Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi oʻzgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish oʻrni koʻpayib, iqtisodiyot rivojlanadi.Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaha