calendar 26 Jul 21:26
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSHda dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

image

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli rahbari, “El Mayo” laqabi bilan tanilgan Ismael Zambada kecha, 25 iyul kuni AQSH federal agentlari tomonidan Texas shtatining El-Paso shahrida hibsga olindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi.

76 yoshli Zambada bilan birga jinoiy tashkilot asoschilaridan biri, hozirda AQSH qamoqxonasida o‘tirgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga olingan. “The Wall Street Journal” gazetasi narkobaronlarning qo‘lga olinishi borasida yozar ekan, Zambada ichki xavfsizlik bo‘yicha tergov va Federal qidiruv byurosining bir necha oy davom etgan operatsiyasidan so‘ng, “Sinaloa”ning yuqori martabali a’zosi tomonidan samolyotga aldab chiqarilganini bayon qildi. Amerika nashrlari ushbu operatsiya Oq uy rahbari Jo Bayden ma’muriyati davrida amalga oshirilgan eng katta operatsiyalardan biri ekanligini yozmoqda.

BBC esa Zambada joriy yilning fevral oyida AQSH prokuraturasi tomonidan geroindan kuchliroq dori bo‘lgan fentanilni ishlab chiqarish va tarqatish fitnasida ayblanganini yozdi.

AQSH Bosh prokurori Merrik Garland o‘zining yozma bayonotida bu ikki shaxs dunyodagi eng zo‘ravon va kuchli giyohvand moddalar savdosini yuritadigan tashkilotlaridan birini boshqarishini aytdi.

“Fentanil mamlakatimiz duch kelgan eng halokatli giyohvandlik tahdidi hisoblanadi va Adliya departamenti har bir kartel rahbari, ularning a’zosi va hamjamiyatimizni zaharlashga intilganlarni javobgarlikka tortmaguncha tinchimaydi”, deya qo‘shimcha qildi u.

AQSHda bir qator davlat ayblovchilarining ta’kidlashicha, “Sinaloa” karteli AQSHga eng yirik giyohvandlik moddalari yetkazib beruvchi hisoblanadi. Rasmiylar avvalroq fentanil 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklar o‘limining asosiy sababi ekanligini ta’kidlagan edi.

“Ikkala shaxs ham Qo‘shma Shtatlarda kartelning jinoiy operatsiyalariga, jumladan uning halokatli fentanil ishlab chiqarish va savdo tarmoqlariga rahbarlik qilgani uchun bir nechta ayblovlarga duch kelmoqda”, deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.

AQSH davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Zambada Meksikadagi bir qancha korxonalar, jumladan, yirik sut kompaniyasi, avtobus liniyasi va mehmonxona, ko‘chmas mulk aktivlarining egasidir. U, shuningdek, qotillik, odam o‘g‘irlash, giyohvand moddalar savdosi hamda uyushgan jinoyatchilik bilan ham ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubay politsiyasi Yevropaga noqonuniy ravishda millionlab dollarlik giyohvand moddalarni olib kirgan, 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Arvoh” laqabli fransiyalik narkobaron Mufid Bushibini hibsga olgandi. Shuningdek, Kolumbiya politsiyasi armiya va aviatsiya bilan birgalikda mamlakatdagi eng yirik narkokartel “Ko‘rfaz klani” rahbari hisoblanmish Otoniel laqabli Dayro Antonio Usuguni qo‘lga olgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

Germaniya hukumati o‘z harbiylarini 2029 yilgacha Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga tayyorlamoqchi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni “Bild” nashri xabar berdi. Germaniya Mudofaa vaziri Karsten Breyerning bayonotiga tayangan holda gazeta bergan hisobotda aytilishicha, rasmiy Berlin 2029 yilga borib Rossiyaning NATOga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumi uchun qulay sharoitlar yaratilishidan xavotirda. “Siz taqvimingizda 2029 yilni belgilab qo‘ying. O‘sha va

11 Jul 15:12
 
53
0
xs.uz

Isroilning Gʻazodagi maktabga qilgan hujumi oqibatida 29 kishi halok boʻldi

Isroil havo kuchlarining Gʻazo janubidagi maktab yaqinidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 29 falastinlik halok boʻldi. Oʻnlab odamlar yaralangan.Xabarlarga koʻra, Xon Yunisning sharqiy qishloqlaridan koʻchirilgan odamlar yashaydigan Al-Avda maktabi hududiga zarba yoʻllangan.Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, hujum keng koʻlamli vayronagarchilik, ayollar va bolalarning oʻlimiga olib kelgan. Oʻsha paytda bozor va turar-joy binolari joylashgan hudud atrofida

15 Jul 12:02
 
99
0
qalampir.uz

Tramp Putinning laychasi – Bayden

AQSH Prezidenti Jo Bayden yana Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinga nisbatan haqoratli bayonot berdi, shuningdek, uning asosiy siyosiy raqibi Donald Trampni Rossiya Prezidentining “laychasi” deb atadi. Bu haqda u kecha, 12 iyul kuni Michigandagi mitingda so‘z ochdi. Amerika yetakchisi respublikachi Trampning Rossiyaning Ukrainadagi urushga munosabatini muhokama qildi. “Qarang, bu juda jiddiy. Men uzoq vaqtdan beri biladigan o‘sha qassob Putin Ukrainaga bostirib k

15 Jul 12:02
 
32
0
qalampir.uz

Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi (video)

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirilgandi. Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi. Mamlakat Federal qidiruv byurosi Oq uyning sobiq rahbariga uyushtirilgan suiqasdni Pensilvaniya shtati, Betel-Park shaharchasida yashovchi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks uyushtirganini tasdiqladi. Marhum Kruks shtatning