calendar 03 Sep 21:36
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi

image
Urugvaylik hujumchi Luis Suares 37 yoshida terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Qayd etish kerakki, Luis terma jamoa libosidagi 142 ta oʻyinda 69 ta gol urgan. Shu tariqa Urugvayning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan Suares juma kuni Paragvayga qarshi soʻnggi xalqaro oʻyinini oʻtkazadi.

Uchrashuv Montevideodagi 'Sentenario' stadionida boʻlib oʻtadi. Ushbu uchrashuv zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan birining xayrlashuv marosimi boʻlishi mumkin.

'Buni aytish ogʻriqli, lekin juma kuni mening mamlakatim terma jamoasi bilan soʻnggi oʻyinim boʻladi', degan u. Suares 2007-yildan beri Urugvay terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlib kelayotgan edi.

Oʻzining xalqaro faoliyati davomida Suares toʻrtta Jahon chempionati va beshta Amerika kubogi turnirlarida qatnashdi. 2011-yilda terma jamoasi bilan 'Copa America'da gʻalaba qozondi.

Suares hozirda 'Inter Mayami'da faoliyat olib bormoqda. Futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi jamoaga yordam berishiga ishonishini bildirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
63
0
qalampir.uz

Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqib

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi. Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston-Ispaniya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Jamoalar “C” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan 3 ochko uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosd