calendar 08 Sep 16:45
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Paralimpiyada. Nurxon Qurbonova Oʻzbekiston delegatsiyasiga 10-oltin medalni keltirdi

image
Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda Jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Aytish joiz, F54 klassida nayza uloqtirish boʻyicha amaldagi Jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning oʻziga tegishli edi. Oʻzbekistonlik sportchi joriy yil Yaponiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20.73 metr natija bilan eski rekordni yangilashga muvaffaq boʻlgandi.

Maʼlumot uchun, Nurxon Qurbonova bunga qadar Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
17
0
xs.uz

Murodjon Ahmadaliyev umidlari soʻnib borayotganini maʼlum qildi

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA yoʻnalishi boʻyicha vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliyev 'Boxing Scene' nashriga intervyu berdi.Ushbu intervyuda charm qoʻlqop ustamiz yana bir bor divizionning mutlaq chempioni Naoya Inoue haqida gapirdi.'Men buni har doim aytganman: boksda qoidalar bor. Men u bilan jang qilmoqchiman. Men majburiy daʼvogarman. Ikki yoʻnalish boʻyicha sobiq chempionman. Eng yaxshi janglarni oʻtkazayotgan ham menman. Bu vazndagi eng yaxshi bokschi ' Inoue. Negad

31 Jan 15:22
 
19
0
xs.uz

Shomurodovning goli “Roma”ni keyingi bosqichga olib chiqdi. U jamoada qoladimi?

'Roma' klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Eldor Shomurodovning 'Ayntraxt'ga qarshi bahsdagi oʻyinidan mamnunligini bildirdi va uni jamoada olib qolishga qaror qilganini maʼlum qildi. Oʻzbekistonlik hujumchi Rim klubi uchun muhim gol urib, jamoasining pley-off bosqichiga chiqishiga katta hissa qoʻshdi.Gap shundaki, 'Roma' Yevropa Ligasi guruh bosqichining soʻnggi turida 'Ayntraxt Frankfurt'ga qarshi maydonga tushdi. Jamoa ushbu oʻyinda faqat gʻalaba qozonsa, keyingi bosqichga yoʻl olishi

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali

27 Jan 00:54
 
21
0
xs.uz

Rasman “Man Siti” klubi Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi. Futbolchi “Lans”ga xayrlashuv maktubini qoldirdi

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov rasman 'Manchester Siti' futbolchisiga aylandi. Tanishtiruv videosi klubning rasmiy sahifasida paydo boʻlgan.Shuningdek, 'shaharliklar' klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ushbu transferini tasdiqladi.Transfer qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma yana bir yil uzaytirish imkoniyati bilan 2029-yilga qadar imzolangan. 20 yoshli himoyachimiz yangi klubi safida 45-raqamda toʻp suradi.Taxminlarga koʻra, Husano