calendar 08 Sep 16:45
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Roʻza Qoʻziyeva Paralimpiyada kumush medaliga ega chiqdi

image
Fransiyaning Parij shahrida oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Roʻza Qoʻziyeva 147 kg tosh koʻtardi va kumush medalga sazovor boʻldi. Musobaqa oltin medali esa braziliyalik Mariana DʻAndreaga (148 kg) nasib qildi.

Aytish joiz, Roʻza bahslar davomida ikki marotaba Paralimpiya oʻyinlari rekordini yangilashga ham ulgurdi. U bunga qadar Tokioda boʻlib oʻtgan XVI Paralimpiya oʻyinlarida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.



Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy 25 ta medal (10 ta oltin, 9 ta kumush, 6 ta bronza) jamgʻargan holda onlayn jadvalning 11-pogʻonasidan joy oldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 10:35
 
71
0
qalampir.uz

Fransiya qator rossiyalik jurnalistlarni Olimpiadaga kiritmaydi

Fransiya hukumati Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga bir qator rossiyalik jurnalistlarni kiritmaslikka qaror qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen kecha, 20 iyul kuni “Le Journal du Dimanche” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Taqiq Rossiya, Belarus va boshqa bir qator mamlakatlardan yuzga yaqin odamga taalluqli”, degan Darmanen. Uning aniqlik kiritishicha, gap 2024 yilgi Olimpiadaga jurnalist, fiziot

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBAʼni tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda XOQ o‘z qarorida ma’lum qildi. Qaror XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan qabul qilindi. XOQ va IBA muammolari 2019 yilda federatsiyaning oldingi rahbarligida boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan. 2020 yilda rossiyalik Umar Kremlev IBA rahbari bo‘ldi, ammo bu federatsiyaga X

22 Jul 11:47
 
72
0
qalampir.uz

Mahmud Murodovning raqibi va jangi sanasi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchi janglar o‘tkazadigan Octagon MMA promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. O‘sha kuni Murodov Chexiyaning Brno shahrida tashkil etiladigan Octagon 61 turnir doirasida angliyalik sobiq UFC jangchisi Skott Askxemga qarshi jang qiladi. 36 yoshli Askxem MMA'da 20-6 rekordga ega. Janglarining 12 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. UFC'da oxirgi ma

26 Jul 14:51
 
103
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik bokschilarning raqibi aniq bo‘ldi

Kecha, 25 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonga eng ko‘p va yuqori probadagi medallar olib kelishi kutilayotgan boks bahslariga qur’a tashlandi va o‘zbek charm qo‘lqop ustalari dastlabki raunddagi raqiblarini bilib oldi. Boks bahslari 27 iyuldan start olib, 10 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi to‘liq tarkibda, ayollar jamoasidan esa 4 nafar bokschi Olimpiada medallari uchun kurash olib boradi. Erkaklar: -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov -