calendar 22 Jul 11:47
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mahmud Murodovning raqibi va jangi sanasi aniq bo‘ldi

image

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchi janglar o‘tkazadigan Octagon MMA promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘sha kuni Murodov Chexiyaning Brno shahrida tashkil etiladigan Octagon 61 turnir doirasida angliyalik sobiq UFC jangchisi Skott Askxemga qarshi jang qiladi.

36 yoshli Askxem MMA'da 20-6 rekordga ega. Janglarining 12 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. UFC'da oxirgi marta 2017 yilda jang o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.

34 yoshli Murodov esa oxirgi marta shu yil fevral oyida UFC Fight Night 235 turnir doirasida rossiyalik Aliasxab Xizriyevga qarshi oktagonga chiqqandi. Jangda Xizriyev Murodovning ko‘ziga qo‘lini tiqib olganligi bois, jang to‘xtatilib, o‘tkazilmagan, deb qayd etilgandi.

Qayd etish joiz, Mahmud Murodov shu yil may oyida UFC'dagi janglarini bekor qilavergani bois, tashkilotdan chetlatilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
44
0
xs.uz

“Tokio-2020” chempioni Akbar Joʻrayev dast koʻtarishda 3-oʻrinni egalladi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024' yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab oldi.Erkaklar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz oʻzining dast koʻtarishdagi chiqishlarini yakunladi.Unda hamyurtimiz Akbar Joʻrayev 185 kg natija qayd etdi. Yurtdoshimiz hozircha 3-oʻrinda ketmoqda. Akbar

19 Jul 08:57
 
64
0
qalampir.uz

Vaskes yana bir yil “Real”da qoladi

Madridning “Real” klubi o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Lukas “Real”ga 2007 yilda, 17 yoshida qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda 32 yoshli Vaskes barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.  “Transfermarkt” internet portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 4 million yevro

15 Jul 15:40
 
205
0
qalampir.uz

Amerika kubogining eng yaxshilari aniqlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlari mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Amerika kubogining individual sovrinlari o‘z egalarini topdi.  Turnir davomida 1 ta gol va 6 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Kolumbiya terma jamoasi yetakchisi Xames Rodriges turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Finalda jamoasiga g‘alaba keltirgan va musobaqada 5 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines turnir to‘purari sifatida “Oltin b

15 Jul 12:02
 
44
0
qalampir.uz

Argentina Amerika kubogini qo‘lga kiritdi

Argentina terma jamoasi Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Finalda u Kolumbiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni qo‘shimcha bo‘limlarda hujumchi Lautaro Martines kiritdi. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jarohati tufayli o‘yinni yakunlay olmadi va o‘yinning 66-daqiqasida almashtirildi. Mayamida bo‘lib o‘tgan final starti tartibsizliklar tufayli bir