calendar 03 Sep 21:36
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Sharq taronalari”: oʻzbekcha kuylagan yapon qizi

image
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Registonning muazzam maydoni uzra turli tillarda ijro etilayotgan kuy-qoʻshiqlarni ezgulik jarchisi, deyish mumkin.

Dunyoning 80 yaqin davlatidan 400 nafardan ortiq musiqa sanʼati namoyandalari qatnashayotgan 'Sharq taronalari' XIII xalqaro musiqa festivali tanlovining dastlabki kunida Bolgariya, Latviya, Sudan, Gretsiya, Hindiston, Qozogʻiston, Eron, Turkmaniston, Yaponiya, Malayziya, Mongoliya, Ozarbayjon vakillari oʻz dasturlarini namoyish etdi.

Yaponiyadan kelgan musiqa oʻqituvchisi Mashu Komazaki dutor chalib, oʻzbek milliy qoʻshiqlarini kuylaganda barcha muxlislar uni qizgʻin olqishladi.

' Oʻzbek sanʼatiga qiziqishim tufayli toʻqqiz yil oldin oʻzbek tilini oʻrganishni boshlaganman, ' deydi Mashu Komazaki. ' Maqom sanʼatida qandaydir sehr bor. Men ularni tinglab, ijro etganimda rohatlanaman. Dutor chalishni oʻrgandim. Goʻzal Registonda oʻzbekcha kuylab, tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldim.

Shuningdek, tanlovning dastlabki kunida Oʻzbekiston vakillari ' xonanda Gulchiroy Baxshilloyeva hamda Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri qoshidagi milliy mumtoz ansambli naychisi Toshtemur Shukrullayev ham chiqish qildi. Bu yilgi festival tanlovida hali yana 30 dan ortiq mamlakat musiqiy jamoalari, xonanda va sozandalari oʻz musiqiy dasturlarini taqdim etadi.

Kuni kecha 'Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uygʻunlashuv tamoyillari' mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Turkiy madaniyat tashkiloti ' TURKSOY qoshidagi turkiy davlatlar sanʼat universitetlari ittifoqi yigʻilishda Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti ittifoq aʼzoligiga qabul qilindi.

Bugun Oʻzbekiston, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Kanada, Gambiya, Xitoy, Iordaniya va Vengriya mamlakatlari madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari, ushbu yoʻnalish oliy taʼlim professor-oʻqituvchilari hamda rektor va prorektorlari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy sozanda va xonandalik yoʻnalishida kadrlar tayyorlash hamda hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarning maʼnaviy immunitetini shakllantirish masalalarini muhokama etildi.

' Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 'Maqom kapsulasi' taqdimoti anjumanning ijodiy choʻqqisi boʻldi, ' deydi Oʻzbekiston xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva. ' Maqom kapsulasi ilmiy yangilik boʻlib, unda har bir maqomning ijro vaqti hamda uning inson ruhiyatiga ijobiy taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan 'Qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma' ham taqdim etildi.

Festival ishtirokchilari Samarqand shahri va bir qator tumanlarda oʻz konsert dasturlarini jonli ijro etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 13:07
 
110
0
xs.uz

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tilga kirdi: Bobur haqida film suratga olinayotgani haqiqatdan yiroqligi maʼlum qilindi

Maʼlum qilinishicha, Bobur bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi.'Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar

26 Jul 16:06
 
55
0
qalampir.uz

Shohjahon Jo‘rayevga qarshi ochilgan ish sudga oshirildi

Avvalroq xonanda Shohjahon Jo‘rayev sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Endilikda mazkur holat sudga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Shohjahon Jo‘rayev jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 7 fevraldagi qaror

14 Aug 06:38
 
33
0
xs.uz

“Qarshimda bir olam turar bahorroʻy…”

Usmon AZIM tavallud topgan kunVATAN HAQIDA SHEʼROpa, esingizda-ku,('O, hanuz ogʻriydi dil')Ochliqdan qorni shishganQirq beshinchi mashʼum yil.Yetti yoshda edingizSizga emasdi pinhon:Urush ' oʻlim, shodlik ' xat,Tiriklik-ku, aniq ' non.Opa, esingizda-ku,Kelganda javzo oyi,Sargʻayib dumbul tortdiBolgʻalining bugʻdoyi.Yuvoshgina qush kabiHayotning isin sezib,Dala kezar edingiz,Kaftingizda don ezib,Siz aniq bilardingiz,Tiriklikning ismi ' non,html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endBosi

26 Jul 10:18
 
29
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel